Janubiy Koreyaning Çinçxon şahrida velotrek böyiça Osiyo çempionati bölib ötmoqda.
Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, 20 oktabr kuni ayollar örtasida oçkolar böyiça guruh poygasi yönalişida iştirok etgan Olga Zabelinskaya eng yuqori natija (32 oçko) qayd etib, Osiyo çempionligini qölga kiritdi.
Kumuş medal mezbon jamoa vakiliga (28) nasib etgan bölsa, hongkonglik sportçi (26) bronza medali bilan taqdirlandi.
Eslatib ötamiz, Zabelinskaya aprel oyida Toşkentda bölib ötgan veloşosse böyiça Osiyo çempionatida ham oltin medalga sazovor bölib, Olimpiada yöllanmasini qölga kiritgan edi. U avgust oyida Germaniyada bölib ötgan xalqaro musobaqada omnium yönalişida 1-örinni egallagandi.
Olga, şuningdek, joriy yil boşida velotrek böyiça Jakartada ötgan Osiyo çempionatida ham ğolib çiqib, Belgiyadagi xalqaro musobaqada ham oltin medal olgandi.













