Growth from Knowledge (GfK) analitika kompaniyasi aholining xarid qobiliyati böyiça Yevropa mamlakatlari reytingini tuzdi.

Reytingning eng yuqori poğonasida Lixtenşteyn qayd etilgan. Bu davlat aholisining xarid qobiliyati kişi boşiga yiliga 67 550 yevroga teng bölgan. Bu – Yevropadagi örtaça körsatkiç (14 739 yevro)dan 4,5 barobarga köproq demakdir.

Yuqori uçlikka Şveytsariya va Lyuksemburg ham kiritilgan bölib, ularning körsatkiçlari mos ravişda 42 va 35 ming yevroni taşkil etadi.

«Tadqiqotga qamrab olingan 16ta mamlakat aholisining kişi boşiga xarid qobiliyati Yevropadagi örtaça körsatkiçdan yuqori. Ayni paytda 26ta mamlakatda esa bu körsatkiç örtaça natijadan past», – deyiladi izlaniş xulosasida.

Reytingning sönggi örnida Ukraina qayd etilgan – ukrainaliklarning xarid qobiliyati yiliga 1830 yevro deb baholangan. Eng quyi uçlikda, şuningdek, Moldova va Kosovo Respublikalari ham bor.

Tadqiqot mualliflarining tuşuntirişiça, xarid qobiliyati deganda aholi daromadining soliqlar va xayriya badallari çegirib taşlanganidan keyingi mablaği miqdori tuşuniladi. Odamlar bu pulni oziq-ovqat, uy-joy, xizmatlar, köngiloçar tadbirlar, xaridlar va dam olişga sarflaşadi.

Umuman olganda, 2019 yilda Yevropada bir kişi örtaça 14,739 dollar pulni öz ehtiyojlari uçun sarflagan. 

Öqituvçilarga eng köp maoş tölanadigan davlat qaysi?