Bir neça kun muqaddam Vazirlar Mahkamasining «Butunjahon internet tarmoğida axborot xavfsizligini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2018 yil 5 sentyabrdagi qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi hujjat loyihasi muhokamaga qöyildi. Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tomonidan tayyorlangan uşbu loyihaga köra, veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, şu jumladan bloger xabarnoma olgan paytdan boşlab 24 soatdan keçiktirmasdan qonunçilikka zid axborotni öçirişi va agentlikni bundan xabardor qilişi nazarda tutilgan.

Kun.uz sayti uşbu masala yuzasidan taniqli bloger, huquqşunos Xuşnud Xudoyberdiyev bilan suhbat ötkazdi.

– Nizom loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi. Bloger va jurnalistlarning qiziqtirayotgan masalalaridan biri – muddatdir. 24 soat qisqa muddat emasmi?

– Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarni öçirişga oid mavzu 2-3 oy oldin kötarilgan edi va qizğin muhokamalarga sabab bölgandi. Özgalarning yozgan izohi uçun jurnalist yoki bloger javob berişi qay darajada töğri, bu qançalik mantiqqa töğri keladi, degan savollar bor köpçilikda. Bu yerda eng muhim nuqta – gap qonunga xilof axborotlarni öçiriş haqida ketayotganida. Özi qonunga zid izohlarni öçirişga köplab bloger döstlarimiz ham, tahririyatlar ham qarşi emas. Masalan, kimdir kimnidir böralatib sökkan bölsa, terrorizm, narkotikka da'vat kabi holatlarda mas'uliyati bor istalgan jurnalist yoki bloger izohlarni öçirişga e'tiroz bildirmasa kerak.

Muddat masalasiga kelsak, bloger sifatida bu menga ham taalluqli bölgani uçun Nizom loyihasini jiddiy örganib çiqdim. Nizomda «olingan kundan e'tiboran» degan joyi bor. Bunday tartib qonunçilikda boşqa jarayonlarda ham bor (masalan, sud jarayonlari yoki mehnat qonunçiligidagi ogohlantiriş muddatlarida). Bunda yuboruvçi tomon qaçon jönatgani emas, qabul qilgan tomon qaçon qabul qilib olgani muhim. Misol uçun, agentlik xat jönatgan va u tahririyatga 4 kundan söng yetib bordi. Demak, 24 soatlik muddat xat yetib kelgan vaqtdan boşlab hisoblanadi. Çunki bloger yoki jurnalist avliyo emas-ku, xat yuborilganini özidan-özi bila olmaydi. Şunday ekan, siz xatni qabul qilib olgandan keyingina, 24 soat içida qonunga xilof axborotni öçirişingiz kerak böladi.