Dastlab, Qaşqadaryo viloyati hokimi, prokurori, IIB va DSI boşliqlari işdan olinişi kutilayotgani ma'lum böldi. Hukumat rahbarlari iştirokidagi viloyat faollari yiğilişida Qarşi şahri, Çiroqçi va Mirişkor tumanlarining amaldagi hokimlari masalasi ham körib çiqilişi mumkin ekani xabar qilingandi.

Birinçi lavozim tayinlovi prokuraturaga aloqador böldi. Özbekiston Respublikasi boş prokurorining birinçi örinbosari Erkaboy Tojiyev Qaşqadaryo viloyati prokurori etib tayinlandi. Ungaça Botir Yusupov 2018 yil 16 yanvardan beri Qaşqadaryo viloyati prokurori sifatida işlab kelayotgandi.

Erkaboy Tojiyev / Foto: Xalqaro press-klub

Şundan söng, Zoyir Mirzayev Qaşqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangani ma'lum böldi. Avvalgi hokim Zafar Röziyev 2013 yil 27 sentyabrdan buyon Qaşqadaryo viloyat hokimi lavozimida işlab kelayotgandi.

Zoyir Mirzayev

Zoyir Mirzayev 1968 yil 10 mart kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida tuğilgan. Ma'lumoti – oliy. 1994 yilda Toşkent moliya institutini iqtisodçi mutaxassisligi böyiça tamomlagan. 2008-2010 yillarda - Samarqand şahar hokimi. 2010 yil 17 dekabrdan 2016 yil 15 dekabrgaça Samarqand viloyati hokimi. 2016 yildan 2018 yilgaça boş vazir örinbosari - qişloq va suv xöjaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari. 2018 yildan - boş vazir örinbosari - agrosanoat, oziq-ovqat va xalq iste'mol mollari majmuasi rahbari bölib işlagan