Özbekiston hukumati hozir nol stavkada bölgan 300dan ortiq turdagi tovarlar olib kirilişiga 1 yanvardan boşlab bojlar joriy etmoqda. Iqtisodiyot va sanoat vaziri örinbosari Ğanişer Mamatqulov mazkur qarorga izoh berdi.
«Bu özgarişlardan asosiy maqsad – bugungi kunda jahonda yuz berayotgan hodisalarni, ya'ni taşqi omillarning iqtisodiyotga salbiy ta'sirini kamaytiriş. Bu, öz navbatida, mamlakatning boşqa davlatlar bilan savdo munosabatlarini yölga qöyişda ham muhim ahamiyatga ega.
Mazkur özgarişning içki iste'mol bozoriga ta'siri, ya'ni 2 oktyabrdagi 4470-sonli qarorga asosan, aholining doimiy iste'mol qiladigan birlamçi ehtiyojidagi tovarlar narxlarining oşişiga ta'sir körsatmaydi. Çunki respublikada işlab çiqariş hajmi yetarli bölmagan asosiy iste'mol tovarlari uçun bojxona boji stavkalari oşirilmaydi», – dedi Mamatqulov duşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, vazir örinbosari öz ma'ruzasida bojxona stavkalari MDH davlatlari bilan savdo-sotiqqa ta'sir qilmasligiga alohida urğu bergan.
«Eng asosiysi, Özbekistonning xalqaro kelişuvlariga asosan, MDH davlatlari örtasida özaro savdo aloqalari uçun bojxona stavkalari qöllanilmaydi. Yana ta'kidlayman, qöllanilmaydi.
[2019 yilning yanvar-sentabr oylarida] import qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining 65,9 foizi, ya'ni uçdan ikki qismi MDH mamlakatlaridan import qilingan. Uşbu mahsulotlarning respublikamizga kirib kelişiga bojxona boji ta'sir qilmaydi», – dedi Ğanişer Mamatqulov.
Bundan oldin, Savdo-sanoat palatasi raisining birinçi örinbosari Islom Jasimov yangi bojxona stavkalariga qanday izoh bergani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid:

















