Özbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov rahbarligidagi harbiy delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a'zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etiş uçun Ozarboyjonga keldi.

Bugun, 29 oktabr kuni general-mayor Bahodir Qurbonov Ozarboyjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan ikki tomonlama uçraşuv ötkazdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Uçraşuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Şuningdek, Özbekiston va Ozarboyjon mudofaa idoralari rahbarlari 2020 yilga möljallangan ikki davlat Mudofaa vazirliklari örtasida harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar. 

30 oktabr kuni Boku şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a'zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötadi. 

Unda Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Ozarboyjon, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston mudofaa idoralari rahbarlari iştirok etadi.