29 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasining yiğilişi bölib ötdi. Unda köp qavatli uylarning holatini yaxşilaş böyiça renovatsiya dasturini işlab çiqiş masalasi muhokama qilindi.

Yiğilişda hisobot bergan Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri örinbosari Nazirjon Nazirovga köra, respublika böyiça jami 34 584ta köp qavatli uylar xatlovdan ötkazilgan.

«Mazkur uylarning holati örganilganda ma'lum böldiki, 13 507ta uy ta'mirga muhtoj emas, 20 622ta uy ta'mirtalab holatga kelib qolgan. Uylarning 455tasi esa avariyali ahvolda.

Ta'mirga muhtoj uylarning 11 172tasini joriy yilda, 7134tasini esa kelgusi yillarda ta'mirdan ötkaziş rejalaştirilgan», degan Nazirovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Nazirjon Nazirov / Foto: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi axborot xizmati

Vazir örinbosarining ma'lum qilişiça, avariya holatidagi 455ta uyni instrumental örganiş uçun 2 mlrd 64 mln söm mablağ ajratilgan. Bunday uylar joriy yil yakuniga qadar turli loyihalaştiriş institutlari tomonidan instrumental örganiladi. Tahlil natijalariga köra, bu uylarni buziş, rekonstruksiya qiliş yoki ta'mirlaş böyiça xulosa qilinadi.

Nazirjon Nazirov mamlakat köp qavatli uy fondining yoşiga doir ma'lumotlarni ham oçiqladi. Unga köra:

9421ta uy – 1967 yilgaça,
3074ta uy – 1967-1970,
8975ta uy – 1970-1980,
9197ta uy – 1980-1990,
187ta uy – 1990-2000,
428ta uy – 2000-2010,
1302ta uy – 2010-2019 yillarda qurilgan.

Quriliş vaziri örinbosari: «Renovatsiya – osonlik bilan keçadigan jarayon emas»

Ma'lumot uçun, prezidentning parlamentga murojaatnomasida aholini munosib turar joy bilan ta'minlaş maqsadida mavjud köp qavatli uylarning holatini örganiş, dunyoning yirik megapolislari tajribasi asosida renovatsiya dasturini işlab çiqiş topşiriği berilgan edi.