Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov seşanba kuni bölib ötgan davra suhbatida jurnalistlarning davlat taşqi qarziga oid savollariga javob berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
– Qarz olmasdan ham iqtisodiyotni rivojlantiriş darajasiga kela olamizmi?
– Har bir mamlakat qarz oladi. Amerika, Germaniya, Angliya, Turkiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni ham qarz oladi. Masalan, Saudiya Arabistonining 500 mlrd dollardan ortiq oltin-valuta zaxiralari bor. Bir yilda 20 mlrd dollardan ortiq qarz oladi. Bu – xalqaro amaliyotda normal holat. Sababi, bu kreditlarning köpi rivojlantiriş loyihalariga ketyapti.
Siz aytişingiz mumkin: qarz olinmasa, qanday manbalar mavjud? Qarz olinmasa, davlat budjeti bor. Davlat budjetida qanday hisob-kitoblar bölişini özingiz yaxşi bilasiz. Ijtimoiy soha davlat budjetida 55 foizni taşkil qiladi. Budjetdan ketayotgan xarajatlarning ustiga bu loyihalarni qöya olmaymiz. Bunga imkoniyatimiz yöq.
Izoh:
Jahon Banki ma'lumotiga köra, Saudiya Arabistoni – oltin-valuta zaxiralari hajmi böyiça dunyoda
turadi. Özbekistonning oltin-valuta zaxirasi
qiymatga ega. Davlat taşqi qarzi esa
ni taşkil etadi.
– Hozirda yirik loyihalarni amalga oşirişga davlat-xususiy şerikçilik mexanizmi qöllanilyapti. Agar şu mexanizm yaxşi işlab ketsa, taşqi qarzimiz kamayişi mumkinmi?
– Mexanizmni juda ham töğri aytib ötdingiz. Masalan, Navoiy viloyatida quyoş issiqlik stansiyasini quriş uçun tender ğolibi e'lon qilindi. Oktabr oyining boşida 100 megavatt elektr stansiyasini quriş uçun Masdar kompaniyasi tanlandi. Bu – nazarimda, juda ham katta yutuq. Hozirgi elektr tariflaridan past narxlarda elektr işlab çiqarişmoqçi. Bundan keyin ham quyoş elektr stansiyalarini davlat-xususiy şerikçiligi orqali quriş böyiça hukumatda rejalar bor.

















