31 oktabr kuni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi, Veterenariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi mutasaddilari bilan bölib ötgan matbuot anjumanida Özbekistonda qurilişi rejalaştirilgan atom elektr stansiyasi haqida ma'lumot berildi.

«Özatom» agentligi boşqarma boşliği Şavkat Abdukamilovning ma'lum qilişiça, respublikada qurilişi rejalaştirilgan atom elektr stansiyasi kabi stansiya Rossiyaning Novovoronej şahrida qurilib, sanoat foydalanişiga topşirilgan. Bundan taşqari, hozirda Turkiya va Bangladeşda (ularning seysmik va iqlim şaroitlari Özbekistonnikiga yaqin) ham qurilmoqda. Xuddi şu loyiha Özbekistonda referent loyiha sifatida qabul qilinib, tanlab olingan va uni amalga oşiriş rejalaştirilgan. 

«Respublikamizda hozirgi eng sönggi avlod 3+ avlodli VVR 1200 yadro reaktorlariga ega bölgan 2ta energoblokli atom elektr stansiyasi quriş rejalaştirilgan.

Bu atom elektr stansiyasida qandaydir avariyalar böliş holatlari, ehtimoli umuman yöq desa ham böladi. U ön million yilda bir martagaça degan ehtimol bilan keladi. Absolyut xavfsiz atom stansiyalari deb bemalol e'tirof etişimiz mumkin.

Avariya böliş ehtimoli juda ham kam. Loyiha avariyalari bölişi mumkin. Hayotda istalgan sohani, istalgan zavod va fabrikani oladigan bölsangiz, qaysidir qurilmada biror nosozlik kelib çiqişi mumkin. Bularning hammasi loyihada belgilangan me'yorlar va uni bartaraf qiliş ketma-ketligi çora-tadbirlari işlab çiqilgan böladi. Bari amalga oşiriladi. Heç qanday qörquv bölişi kerak emas. Eng xavfsiz, eng işonçli atom elektr stansiyasini quriş böyiça tanlov amalga oşirilgan», - deya Abdukamilovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

U Özbekistonning atom energetikasi sohasidagi tajribasiga ham alohida töxtalib ötdi.

«Köpçilik respublikamizni atom energetikasi sohasiga yangi kirib kelgan mamlakat deb öylaydi. Aslida unday emas. Oltmiş yildan beri respublikamizda Yadro fizikasi institutida tadqiqot reaktori bor. Öşa yerdagi reaktordan foydalanib kelyapmiz. Bundan taşqari, oldin «Özeltexsanoat» huzurida «Foton» taşkiloti bölar edi, ularning ham tadqiqot reaktori bor edi. Uni bir neça yil oldin dekomissiya qilib, ekspluatatsiyadan foydalanişdan çiqardik.