20 kişidan iborat bölgan qurollangan guruh Tojikiston-Özbekiston çegarasida joylaşgan çegara zastavasiga hujum qildi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi Çegara qöşinlarining matbuot markazi tarqatgan xabarda aytiladi.

Ma'lumotlarga köra, hujum çorşanba kuniga ötar tunda sodir bölgan.

«2019 yil 6 noyabrga ötar tunda soat 03:23da 20 nafar noma'lum şaxs öqotar qurollardan foydalanib, «Sultonobod» çegara otryadi harbiy qismining Işkoboddagi 4-sonli çegara zastavasiga hujum qildi», - deyiladi xabarda. 

Matbuot xabarnomasiga köra, hujum qilganlar 5 dona öqotar qurolni olib qöyişgan.

«RIA Novosti»ning Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi Çegara qöşinlari boşqarmasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar qilişiça, hujum Duşanbedan 60 kilometr uzoqlikda joylaşgan «Işkobod» 4-çegara zastavasiga amalga oşirilgan.

«Kuç tuzilmalarining amaliyoti natijasida qurşab olingan qurolli jinoiy guruhning 15 nafar a'zosi yöq qilindi, ulardan beş nafari qölga olindi», - deyiladi Tojikiston MXDQ matbuot xizmati ma'lumotida.

Otişma oqibatida çegara qöşinlari askari va bir militsioner halok bölgan.

Voqea joyida tezkor-tergov guruhi tuzilgan, suriştiruv işlari davom etmoqda. 

Özbekiston rasmiylari uşbu holat yuzasidan hozirça rasmiy ma'lumot bergani yöq.