Buxoro viloyatida beş kişi yoğ zavodining sobiq rahbarini «uxlatib» ketdi.

«Buxoroda yaşovçi şaxs Samarqandda istiqomat qiluvçi tanişiga murojaat qilgan. Ulardan biri öz vaqtida içki işlar organlari tizimida işlagan. Ular maxsus reja tuzişgan va yoğ zavodining sobiq rahbarini katta pulga aldab ketişga qaror qilişgan», - dedi Toşkent viloyati prokuraturasining katta tergovçisi Sanjar Safarov.

2018 yil 13 aprel kuni yoğ zavodi sobiq rahbarining uyiga beş kişidan iborat jinoiy töda kelgan va iştirokçilardan biri özini maxsus xizmatlar xodimi, deb taniştirgan.

«Jinoyatçilar özlarini maxsus xizmatlar xodimlari sifatida taniştirib, fuqaroga tahdid qila boşlaşgan. Ular uni Toşkentga olib borib, «podval»ga joylaştirişlarini aytişadi. Şundan söng, erkaklar yoğ zavodi sobiq rahbaridan işni yopiş uçun 1 million dollar söraganlar», - deya ta'kidlab ötdi tergovçi.

Şu bilan birga, jabrlanuvçi bunday puli yöqligini aytgan. Keyin jinoyatçilar 500 ming dollar talab qilişgan. Jinoyatçilar kerakli miqdordagi pulni olgaç, voqea joyidan yaşirişgan.

Voqeadan keyin jabrlanuvçi darhol huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi. Jinoiy töda a'zolaridan ikki nafari IIB xodimlari tomonidan Özbekiston hududida uşlandi. Uç şaxs Qozonga qoçgan, ammo Rossiya Federatsiyasi huquq-tartibot idoralari tomonidan uşlandi va Özbekistonga topşirildi.

Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga köra, jinoiy guruhning barça a'zolariga turli xil jazo muddatlari berildi.