Özbekiston Respublikasi prezidentining «Jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyojlari uçun tovarlarni olib ötiş tartibini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi PQ–4508-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror Özbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, şuningdek, jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyojlar uçun olib ötiladigan tovarlarni bojxonada rasmiylaştiriş tartibini yanada takomillaştiriş maqsadida qabul qilindi.

Mazkur qarorga köra, 2020 yilning 1 yanvardan boşlab:

Notijorat maqsadlar uçun Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasidan ötiş punktlari orqali qöl yukida va kuzatib borilayotgan bagajda tovarlar olib kirayotgan jismoniy şaxslar uçun, şuningdek, jismoniy şaxs nomiga xalqaro poçta va kurerlik jönatmalari orqali keladigan tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bojxona boji, QQS va aksiz soliği örniga yagona bojxona tölovini nazarda tutuvçi bojxona tölovlarini undirişning soddalaştirilgan tartibi joriy etiladi.

Jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyojlari uçun bojxona çegarasi orqali qöl yukida, kuzatib borilayotgan bagajda, şuningdek, poçta jönatmalari orqali hayvonotga mansub oziq-ovqat mahsulotlari olib kirilganda, ular işlab çiqaruvçining örovida bölişi majburiy etib belgilandi.

Yagona bojxona tölovi bojxona tölovlari undirilmaydigan tovarlarni jismoniy şaxslar tomonidan respbulikaga olib kirişning çeklagan me'yorlaridan ortgan taqdirda Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodidan va kelib çiqiş mamlakatidan qat'i nazar, tovarlarning barça toifalari böyiça bojxona qiymatidan kelib çiqqan holda, çeklangan me'yorlardan ortiq qismiga nisbatan undiriladi.

Ya'ni,

·       alkogol mahsulotlari, şu jumladan pivo – 2 litrdan,

·       barça turdagi tamaki mahsulotlari – 10 qutidan,

·       atir va atirsimon suyuqliklar – 3 donadan,

·       qimmatbaho metall va qimmatbaho toşlardan yasalgan zargarlik buyumlari – 65 grammdan ortgan taqdirda — bojxona tölovlari umumbelgilangan tartibda tölanadi.