Farğona viloyatining Rişton tumanida voyaga yetmagan ikki qiz gazdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov ma'lum qildi.

2019 yil 11 noyabr kuni soat 06:30larda Rişton tumani, “Zarariq” mahallasida yaşagan voyaga yetmagan opa-singillar yaşaş xonadonidagi hammomga yuviniş maqsadida kirişgan vaqtida hammomni isitiş uçun qölbola usulda yasalgan peçga ulangan tabiiy gaz öçib qolişi natijasida tabiiy gazdan zaharlanib, hodisa joyida vafot etişgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.

Bundan oldin, Özbekistonda yana 10 kişi is gazidan zaharlangani, ikki fuqaro vafot etgani xabar qilingandi.