Olmazor tumani hokimining sobiq örinbosari Abdurasul Vahobov şu yilning 14 avgust kuni Kun.uz sayti xodimlariga tahdid qilgaç, bu voqea ijtimoiy tarmoqda rezonans keltirib çiqargandi.

Avvaliga Toşkent şahar prokuraturasi Vahobovning sayt xodimlariga nisbatan xatti-harakatlari yuzasidan tekşiriş ötkazib, yakunda biror bir şaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari bölmagani sababli jinoyat işi qözğatişni rad etgan edi.

Keyinroq, Vahobov lavozimidan ozod etilgani, unga nisbatan jinoyat işi qözğatişni rad etiş töğrisidagi qaror esa Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan bekor qilinib, qöşimça örganiş uçun şahar prokuraturasiga yuborilgani ma'lum böldi.

Toşkent şahri prokuraturasidan olingan ma'lumotga köra, 19 oktabr kuni holat yuzasidan ötkazilgan qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari yakuni böyiça Olmazor tumani hokimining sobiq örinbosari A.Vahobov va Kun.uz muxbiri R.Isroilovning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud bölmagani sababli jinoyat işi qözğatişni rad etiş töğrisida qaror qabul qilingan.

Vahobov Kun.uz muxbiriga tuhmat qilmagan deb topildi

Jinoyat işi qözğatişni rad etiş töğrisidagi qarordan xulosa qiliş mumkinki, prokuratura A.Vahobovning tuşuntirişidan boşqa birorta dalil bölmay turib, R.Isroilov A.Vahobovdan 1 gektar yer maydonini söragan, deb topgan.

E'tibor berilsa, prokuratura qarorning şu qismi bilan «R.Isroilov hokim örinbosaridan yer söragan», deb hisoblamoqda. Ammo qarorda uşbu holat aynan nima bilan tasdiqlangani, R.Isroilov A.Vahobovdan aynan qaçon va nima maqsadda yer söragani, buning evaziga qança miqdorda pul (pora) taklif qilgani tafsilotlari bayon etilmagan.