«Zamhokim» va muxbir işi: şahar prokuraturasi öz qarorini himoya qilmoqdami yoki Vahobovni?
|03:00 / 15.11.201964 45814 min
13 noyabr kuni Toşkent şahar prokuraturasida jurnalistlar uçun brifing taşkil etildi. Tadbirda Olmazor tumani hokimining sobiq örinbosari Abdurasul Vahobov hamda Kun.uz sayti xodimlari örtasida sodir bölgan holat böyiça Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari natijasi haqida axborot berildi. Quyida voqealar xronologiyasi va unda bildirilgan fikrlar keltiriladi.
Tadbirda Abdurasul Vahobov bilan Kun.uz tahririyati xodimlari örtasida yuzaga kelgan holat haqida internetda e'lon qilingan maqola yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlarini ötkazgan Toşkent şahar prokuraturasi ijtimoiy qonunçilik ijrosi ustidan nazorat bölimi katta prokurori Sayyod Jumaboyev hodisa tarixi va tergovga qadar tekşiruv natijalari haqida qisqaça ma'lumot berdi. Jumaboyevning hisobotida yangragan ayrim jumlalar jurnalistlarning e'tirozlariga sabab böldi.
Şahar prokurori örinbosari A.Pölatovning aytişiça, bu holatda qonun talablarini faqat sobiq hokim örinbosari emas, balki jurnalist ham buzgan. U «Jurnalistlik faoliyatini himoya qiliş töğrisida»gi qonunning 6-moddasida jurnalistlar kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya qilişi lozimligi körsatib ötilgani, mazkur qonunga köra har bir holatda avvalambor şaxsning roziligi bilan uni tasvirga oliş, qadr-qimmat masalalari aks ettirilganini ta'kidladi.
Brifingda jurnalistlar nima uçun tergovga qadar tekşiruv jarayonida Olmazor tumani hokimi örinbosarining Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati va «MY5» telekanaliga bergan intervyusida aytgan gaplari tasdiğini topmagan bölsada, uning R.Isroilov haqida aytgan gaplari uçun çora körilmagani sabablari bilan qiziqdi.
«Tergov sohasida şunday bir narsa borki, bir oğiz gap bilan, bir oğiz söz bilan birovning taqdirini, birovning javobgarlik masalasini hal qilib bölmaydi. Agar unaqa zamon bölsa, keçirasiz-u boşboşdoqlik bölib ketadi. Har bir jinoyat böladimi, har bir huquqbuzarlik böyiça tergovga qadar tekşiruv böladimi, bunaqa paytda har bir holatga töplangan hujjatlar, dalillar, isbotlar majmui bilan u yoki bu şaxsning harakatiga qonuniy baho beriladi. Şuning uçun ham mazkur holatda qonun buzilmaganini şahar prokuraturasining qarorida körsatganmiz», dedi A.Pölatov.
Jurnalistlar savollarga berilayotgan javoblardan kelib çiqib şahar prokuraturasi tomonidan taşkil etilgan mazkur brifing yuzaga kelgan holatga aniqlik kiritiş uçun emas, balki «Vahobov işi» böyiça çiqarilgan qarorni himoya qiliş maqsadida taşkil etilganga öxşayotganini aytib, prokuratura organlari röyi-rost körinib turgan qonunbuzarlikka nega adolatli huquqiy baho berilmayotgani bilan qiziqişdi.
Mavzuga oid
Jurnalistlarning bu kabi savollarigaA.Pölatov javob berdi.
«JPKning 23-moddasiga köra ham, unga asos bölgan Konstitutsiyada ham biror masalada sudning qonuniy qarorisiz aybli deb topilişi mumkinmasligi belgilab qöyilgan. Tergovga qadar tekşiruv davomida heç kim bunaqa sözni işlatişga haqqi yöq. Hatto jinoyat işi tergovida ayblanuvçi sifatida jalb qilinganda ham, JPKning 361-moddasiga asosan şaxsga ayb e'lon qilinib aybdor deb topilganda ham bu faqatgina tergov organi fikri hisoblanadi va sudning hukmi qonuniy kuçga kirgunga qadar biror bir şaxs aybli deb hisoblanmaydi», deydi şahar prokurori örinbosari.
Uhar bir şaxsning daxlsizlik huquqi borligi, u prokuror böladimi, hokimiyat vakilimi, jurnalist böladimi, videoga oliş uçun odamning roziligi olinişi kerak, deb hisoblaşini bildirdi.
Quyida matbuot anjumanida bölib ötgan savol-javoblarning ahamiyatga molik qismlari keltiriladi.
Musulmonbek Ibrohimov, «Daryo.uz» muxbiri:
– Bu «Jamoatçilik nazorati töğrisida»gi qonunga zid böladi. Videodagi holat bu odamning (Vahobov) şaxsiy hayotimas. Ruxsat töğrisida qayta-qayta gapiryapsiz, lekin köçada ikki kişi bir kişini urayotgan bölsa, men jurnalist sifatida suratga olişdan oldin ulardan janjalni töxtatib turişni sörab, ruxsat olişim kerakmi? Şunday holatlar ham böladiki, jurnalist özini taniştirişga ham ulgurmaydi. Qolaversa, nega jurnalistning özini taniştirmaganiga qayta-qayta urğu berilyaptiyu, hokim örinbosarining tajovuzi e'tibordan çetda qoldirilyapti?
Aliakbar Pölatov, şahar prokurori örinbosari:
– Men sizlarga qonundagi normani aytyapman. Qonundagi norma asosida jurnalist ruxsatsiz birovning şaxsiy daxlsizligini buzişga haqi yöq.
Sayyod Jumaboyev, şahar prokuraturasi bölim katta prokurori:
– Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida Abdurasul Vahobov tuşuntiriş xati bergan. Özini kelib taniştirmagani uçun, ya'ni bostirib kelib videoga olib turgan holatda ularga nisbatan öşa video körsatilgan voqea yuz bergan.
Abror Zohidov, «Kun.uz» muxbiri:
– Hokim örinbosari muxbirni avvaldan taniganmi-yöqmi?
Aliakbar Pölatov, şahar prokurori örinbosari:
– Xodim taniganinimas, taniştirmagani haqida aytyapti-ku?
Sayyod Jumaboyev, , şahar prokuraturasi bölim katta prokurori:
– Siz hozir tanimaganlik bilan taniştirmaganlikni adaştirayapsiz.
Dilafröz Jörayeva, «MY5» telekanali muxbiri:
– Tanimaganman degan. Bizda video bor.
Jurnalistlar Rahmatillo Isroilov hokim örinbosaridan yer talab qilgani tergovga qadar tekşiruv davomida tasdiğini topgani yuzasidan izoh berişni söraşdi.
Sayyod Jumaboyev, şahar prokuraturasi bölim katta prokurori:
– Bu holatga izoh berib ketaman. Ya'ni sizlar aytayotgan holatda pora beriş haqida, pul miqdori haqida umuman heç qanaqa gap-söz bölmagan. Pul miqdori, siz aytayotgan bir million dollar, ular faraz qilingan masala. Bu haqda mana özidan ham sörasangiz böladi. Ya'ni, pul haqida umuman gap bölmagan, mukofot va'da beriş holatlari bölmagan. Vahobov bergan tuşuntiriş xatiga köra, 2019 yil yanvar oyida, Ğalaba boği qurilişi rejalaştirilgan Sobir Rahimov haykali oldida muxbir 1 gektar böş turgan yer maydonini ajratib berişda yordam söragan. Ana şu yordam evaziga ular tomonidan keyin biron bir pul mukofoti, boşqa bir holat bölmagan.
Abror Zohidov, «Kun.uz» muxbiri:
– Muxbir yer söraganiga isbot bormi?
Sayyod Jumaboyev, şahar prokuraturasi bölim katta prokurori:
– Vahobov tuşuntiriş xatida şunday deyapti: «Keldi, iltimos qildi, iltimos, şuni hal qilib bering, hal bölgandan keyin men sizni rozi qilaman, degan gaplar bölgan».
Vahobov bu masala uning vakolatiga kirmasligi, bu Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oşirilişini tuşuntirib javobini berganini aytgan. U bergan tuşuntirişga köra, muxbir iltimos bilan çiqqan, lekin summa haqida gap bölmagan. «Aka, yordam bering, şu masalani hal qilib bering, iltimos» deb aytgan. Tuşuntiriş xatida bu gap bölişidan oldin Samarqand viloyatidan kelgani, moddiy ahvoli qiyinligi, oylik iş haqi kamligini ta'kidlab ötganini körsatgan.
Jurnalist Isroilovdan tuşuntiriş olganimizda esa u bu holat umuman bölmagani, Vahobovni 2019 yil avgust oyida birinçi marta körganini ta'kidladi.
Abror Zohidov, «Kun.uz» muxbiri:
– Sizning fikringiz söralyapti, tergovga qadar tekşiruv olib borgansiz. Şunaqa holat bölganmi-yöqmi?
Sayyod Jumaboyev, şahar prokuraturasi bölim katta prokurori:
– Bu holatni örtada boşqa odamlar körmagan. Dalil-isboti yöq. Bu kişi (A.Vahobov) özining fikrida turibdi, ular (R.Isroilov) özining fikrida turibdi. Summa haqida gap yöq. JKning 211-moddasini öqisangiz ham aniq öşa mansabdor şaxs vakolatiga kirgan muayyan harakatni bajarişi yoki bajarmasligi evaziga moddiy manfaatdor böliş jinoyat tarkibi alomatlari bölganda, demak, muxbirga nisbatan pora beriş bilan biz ayblasak bölardi, lekin bu holat yöq. Çunki summa haqida gap yöq. Biz JKning 139-moddasida körsatilgan jinoyat tarkibi alomatlarini aniqlamadik.
Jamşid Niyozov, «Kun.uz» muxbiri:
– Agar jurnalist pora taklif qilgani isbotlanganda, u javobgarlikka tortilgan bölardi, töğrimi? Mana yuqorida aytilyaptiki, tergovga qadar suriştiruv davomida uning pora taklif qilgani isbotini topmadi. Lekin pora taklif qilgani haqida da'vo bor. Isbotini topmagandan keyin da'vo asossiz. Asossiz da'vo qilgan, ya'ni tuhmat qilgan odamga qonuniy tartibda çora köriliş kerak emasmi?
Aliakbar Pölatov, şahar prokurori örinbosari:
– Qöşimça tergovga qadar tekşiruv davomida şahar prokurorining Toşkent şahar hokimiga kiritgan taqdimnomasi asosida bevosita hokimlik tomonidan xizmat suriştiruvi ötkazilgan va Olmazor tumani hokimi örinbosari şu taqdimnoma asosida öz vazifasidan ozod qilingan. Bizning tekşiruvimiz yakuni böyiça şunday xulosaga kelganmizki, mana şu lavozimidan ozod qilinişi davlat organlarida 20 yildan beri xizmat qilayotgan xodim uçun, menimça, undan ortiq jazo ham nimamas. Prokuraturaning pozitsiyasini sizlarga yoritdim.
– Hozir bu yerda aytib ötildiki, keçirim söraş töğrisida. Mana hozir hammamiz şunça gap aytdik, bular (A.Vahobov) özlari kelgan ekanlar, bularning özining vijdoniga havola. Biz bularning öziga qöyib beramiz. Bitta narsani tuşuntirib ötay, taqdimnomayam prokuror ta'sir çorasi hisoblanadi. Prokuror ta'sir çorasi oqibatida 20 yildan beri işlagan şaxs hokimiyat organidan işdan böşatildi. Bu qaysidir tomonning yonini olişmas, umumiy obektiv holatga baho berilgan ta'sir çora oqibatida kelib çiqqan jazo turi. Bu – iş beruvçining özining jazo turi. Buni şunaqa deb qabul qilinglar-da. Ikkinçidan, muxbirimiz haqiqatan eşitgan gaplaridan ezilayotgan bölsa, iztirobda bölsa, u kişining huquqi bor. Özining huquqi asosida bemalol murojaat qilişi mumkin bizga. Biz uni körib çiqamiz, keyin bahosini beramiz. [Hozirgi qarorda] umumiy holatga baho berilgan. Şaxsiy haqoratlangan degan ma'noga olib kelayapsizlar-da.
Aliakbar Pölatov, şahar prokurori örinbosari:
– Toşkent şahar prokuraturasining qarori yakuniy emas. Qaror hali nazorat tartibida örganiladi. Jurnalist bu böyiça murojaat qiladi bizga yo Boş prokuraturaga. Bu qaror yuqori turuvçi prokuror tomonidan yana bir marta örganiladi.
Musulmonbek Ibrohimov, «Daryo.uz» muxbiri:
– Demak, tadbirdan xulosa qiladigan bölsak, Kun.uz muxbiri jurnalistik etika qoidalariga zid harakat qilganmi?
Aliakbar Pölatov, şahar prokurori örinbosari:
– Mazkur holatda tergovga qadar tekşiruv davomida faoliyatlaringni tartibga soluvçi qonunning men yuqorida aytgan moddasi böyiça haqiqatda jurnalistlik etikasiga amal qilmagan. Yana bir marta takrorlayman. Qaror nazorat tartibida örganiladi yuqori turuvçi prokuror tomonidan va bekor qilinişi mumkin.
Qisqa xulosa va ma'lumotlar:
Matbuot anjumani atayin ayni şu masalaga aniqlik kiritib oliş uçun taşkil etilgani aytilgan bölsa-da, jurnalistlarning fikriga köra aytarli biror masalaga aniqlik kiritilmadi.
Yiğilişda şahar prokurori örinbosari A.Pölatov jurnalistlarga huquqşunos emasliklari, tuşunmagan narsasi haqida fikr bildirmasliklarini tuşuntirib qöydi.
Keskin bahs va munozaralar bilan ötgan mazkur anjumanda Vahobov tuhmat qilganmidi yoki yoki Isroilov tamagirlik qilganmi, degan savolga aniq javob berilmadi.
Yiğilişda, bu qabul qilingan qaror yakuniy emasligi, manfaatdor şaxslar şikoyat bildirsa, Boş prokuratura tomonidan nazorat tartibida körib çiqilişi mumkinligi eslatib ötildi.
Ma'lum bölişiça, muxbir R.Isroilov şahar prokuraturasi qabul qilgan mazkur qarordan norozi bölib Özbekiston Respublikasi Boş prokurori nomiga şikoyat yöllagan.
Mazkur şikoyat Boş prokuraturada körib çiqilişi bilan boğliq jarayonlarni kuzatişda davom etamiz.
Eslatib ötamiz, Olmazor tumani hokimining sobiq örinbosari Abdurasul Vahobov şu yilning 14 avgust kuni Kun.uz sayti xodimlariga tahdid qilgaç, bu voqea ijtimoiy tarmoqda rezonans keltirib çiqargandi.
Avvaliga Toşkent şahar prokuraturasi Vahobovning sayt xodimlariga nisbatan xatti-harakatlari yuzasidan tekşiriş ötkazib, yakunda biror bir şaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari bölmagani sababli jinoyat işi qözğatişni rad etgan edi.
Keyinroq, Vahobov lavozimidan ozod etilgani, unga nisbatan jinoyat işi qözğatişni rad etiş töğrisidagi qaror Boş prokuraturasi tomonidan bekor qilinib, qöşimça örganiş uçun şahar prokuraturasiga yuborildi. 19 oktabr kuni holat yuzasidan ötkazilgan qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari yakuni böyiça Olmazor tumani hokimining sobiq örinbosari A.Vahobov va Kun.uz muxbiri R.Isroilovning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud bölmagani sababli jinoyat işi qözğatişni rad etiş töğrisida qaror qabul qilingan.
Prokuraturaning Vahobov böyiça qaroridagi paradoks haqida tahliliy materialda pora taklif qilgani rost bölsa, muxbir javobgarlikka tortilişi kerakligi, sobiq hokim örinbosarining muxbir haqida aytgan gaplari isbotlanmasa, unda u javobgarlikka tortilişi lozimligi ta'kidlangan edi.