Joriy yildagi “Taşabbusli budjet”ning birinçi mavsumida Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “zamhokim”ining qöştirnoq içidagi vatanparvarligi qizğin muhokamalarga sabab bölgandi. U Zoom orqali ötkazilgan onlayn majlisda tumandagi taşkilot rahbarlariga keçgaça 50 tadan ovoz yiğişni buyurgan, aks holda kim bölişidan qat’i nazar işdan böşatib yuboriş bilan tahdid qilgandi. 

Şundan söng, Odam savdosiga qarşi kuraşiş va munosib mehnat masalalari böyiça milliy komissiya holat yuzasidan örganiş işlari boşlanganini ma’lum qildi. Prokuratura va mehnat inspeksiyasi ötkazgan örganişda hokim örinbosarining harakatlarida huquqbuzarlik aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 51-moddasi 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlangandi.

Qiziltepadagi taşabbuslarning keyingi taqdiri nima böldi?

Joriy yilning 8 aprel kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qiziltepa tumani hokimligiga xat bilan murojaat qilib, majburiy tarzda ovoz töplangan loyihalarga aniqlik kiritiş hamda 1 kun içida vazirlikka ma’lumot taqdim etiş böyiça sörov jönatgandi. Öz navbatida, maskur hududdagi ğolib loyihalarning e’lon qilinişi keçiktirilgandi.

6 iyul holatiga köra, birinçi mavsum yakunlari böyiça Qiziltepa tumani böyiça ğoliblar hali ham e’lon qilinmagan.

IMV axborot xizmati Kun.uz’ga holat böyiça quşimça izoh bera olmasligini bildirdi. Qiziltepa tuman hokimligi axborot xizmati esa mansabdor şaxs tegişli tartibda jazolangani va majburiy tarzda ovoz töplangan loyihalarga aniqlik kiritilib, közda tutilgan muddat içida vazirlikka javob xati yuborilganini ma’lum qildi.