Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq yordamga tayyor: O‘zbekiston 6 mingdan ortiq tovarlarni Yevropaga boj to‘lovisiz olib kirishi mumkin
Yevroittifoq O‘zbekistonga GSP+ tizimi doirasida 6 mingdan ortiq tovarlarni boj to‘lovisiz olib kirishda yordam berishga tayyor. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Bryusselda Yevropa ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Fil Hogan bilan uchrashuvida aytib o‘tildi.
TIV ma'lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlikni, xususan, qishloq xo‘jaligi sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatga Yevropa biznesi va sarmoyasini keng jalb qilish uchun ko‘proq imkoniyatlar ochayotgani ta'kidlandi. Shu munosabat bilan tarif va tarifsiz to‘siqlarni bartaraf etish, standartlashtirishning Yevropa tizimlarini kiritish, sertifikatlash va sifatni boshqarish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.
O‘zbekistonga GSP+ tizimi doirasida 6 mingdan ortiq tovarlarni boj to‘lovisiz Yevropa ittifoqi hududiga olib kirishga yordam berishda tayyorligi uchun Yevropa tomoniga minnatdorchilik bildirildi.
O‘zbekiston tomoni Yevropa ittifoqi bozorlariga keng turdagi eksport tovarlarini, shu jumladan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishni oshirishga tayyorligini qayd etdi.
Shuningdek, agrar sohadagi istiqbolli qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Bundan oldin, Yevroittifoq O‘zbekistonning JSTga kirishi uchun mablag‘ ajratgandi.
Avvalroq, AQSh O‘zbekiston uchun bojxona imtiyozlarini saqlab qolgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:52 / 24.01.2026
Rossiya tankeri O‘rta Yer dengizida boshqaruvni yo‘qotdi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
15:54 / 22.01.2026
Merkosur bilan erkin savdo kelishuvi: yevrodeputatlar yuridik tekshiruv talab qildi
12:17 / 19.01.2026