Özbekistonda maktab öquvçilari 11-sinfni tamomlaş arafasida bir qator fanlar, jumladan ona tili, matematika va Özbekiston tarixidan ham yakuniy imtihondan ötadi. Bu imtihonlardan köp ötmay, talaba bölişni istagan bitiruvçilar OTMga kiriş sinovlarida ham yuqoridagi uçta fandan soddalaştirilgan majburiy test topşirişlari kerak.

Davlat test markazi boşqarma boşliği Sevara Zuparxodjayeva Kun.uz muxbiri bilan suhbatda OTMlarga kirişning yangi tartibi haqida ma'lumot berib, yuqoridagi holatga ham töxtalib ötdi.

«Bitiruv davlat attestatsiyasi sertifikati bilan OTMga qabul qiliş xorijiy  davlatlar tajribasida bor. Rossiya Federatsiyasi tajribasida YeGE (Yedinyy gosudarstvennyy ekzamen) imtihonlari ham maktab ta'limini tugatgan öquvçilardan olinib, uning natijalari universitetlarga qabul qiliş uçun asos böladi.

Endi öz tajribamizga kelsak. Garçi maktabni bitirişda ham umumta'lim fanlaridan imtihon olinsa-da, OTMga kiriş imtihonlariga yana şu fanlarni majburiy qilib belgilaş – maktab tizimiga işonçsizlik emas.

Hamma narsaga bosqiçma-bosqiç ötilişini hisobga olib, Özbekistonda ham yakuniy davlat attestatsiyasi natijasi OTMga qabul qilişga asos bölişi kerakligi töğrisida muhokamalar jarayoni boryapti.

Biroq buning uçun maktablar ham tayyor bölişi lozim. Faqat me'yoriy hujjat kiritib, uning asosida öquvçilarni talabalikka qabul qilişni boşlaş unçalik töğri bölmaydi. Bunda ma'lum şaroitlar yaratilişi va ma'lum talablar qöyilişi zarur.

Masalan, imtihon xolisona ötkazilişi uçun atrofdagi muhit va bevosita jarayonga jalb qilinadigan odamlarning neytralligi, test materiallarining xavfsizligini ham ta'minlaşimiz kerak böladi.

Bu kabi jihatlarning barçasi töğri keçişi uçun, avvalo, xorijiy tajribani örganişimiz va öz ta'lim tizimimizni hisobga olgan holda xorijiy amaliyotning qaysilari bizga mos, qaysilari bizga mos emas, ijobiy-salbiy tomonlarini örgangaç, keraklilarini özlaştirişimiz zarur.

Bu böyiça işlar boşlanganligi sababli balki bir yildan söng nimadir natija haqida bemalol gapirişimiz mumkin böladi», – dedi Zuparxodjayeva.

DTM rasmiysi OTMlarga kirişda keyinçalik testdan boşqa imtihon turlari ham qöllanişi mumkinligini istisno etmadi.