Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning jurnalistlarni yöq qiliş, geyga çiqariş bilan tahdid qilgani haqidagi audiosi böyiça örganiş olib borilgani va ayni vaqtda tegişli çoralar körilayotgani haqida ma'lum qildi.

«Oxirgi soatlarda köplab yurtdoşlarimiz, jurnalist va blogerlarimiz internetda tarqalgan, Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayevga tegişli ekani aytilayotgan audioyozuv yuzasidan izoh berişimizni sörab murojaat qilişmoqda.

Şuni ma'lum qilamanki, biz vaziyatdan xabardormiz va bu borada tegişli çoralar körilmoqda. Töplangan barça ma'lumotlar asosida Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Boş prokuraturaga murojaat xati yuboriladi va ularning xulosalari asosida muayyan töxtamga kelinadi.

Işonamizki, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlaş hamda fuqarolar huquqlarini himoya qiliş uçun mas'ul bölgan mazkur davlat organlari tomonidan uşbu masalaga munosib huquqiy baho beriladi.

Jurnalist va blogerlarimizdan vaziyatga huquqiy baho berilgunga qadar hissiyotlarga berilmaslik, şoşma-şoşarlik bilan xulosa çiqarmaslikni söraymiz.

Ta'kidlaşni istar edimki, kim tomonidan ekanidan qat'i nazar, törtinçi hokimiyat — jurnalistlar haqida aytilgan bunday fikrlar öta yoqimsiz holat va bunga jim qarab turiş mumkin emas. Bu — davlat siyosati va jamiyatda örnatilgan qoidalarga mutlaqo ziddir.

Biz öz pozitsiyamizda qat'iymiz — yurtimizdagi barça jurnalist va blogerlar Agentligimiz himoyasida. Ularning huquqlari buzilgani öz tasdiğini topgan taqdirda, albatta tegişli çoralar köriladi», deyiladi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi axborot xizmati rahbari Hikmatilla Ubaydullayevning telegramdagi kanalida.

Bundan avvalroq, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi uşbu holatga Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi tomonidan himoyaviy çora körilişiga umid bildirgandi.