Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan jurnalistlarni haqoratlagan va tahdid qilgan audiosi yuzasidan munosabat bildirdi va mutasaddi idoralarni tez orada rasmiy munosabat bildirişga çaqirdi.
«Joriy yil 16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar va internet OAVda Toşkent şahar hokimi J.Ortiqxöjayevga tegişli ekani aytilayotgan, jurnalist va blogerlar şa'niga öta keskin fikrlar bildirilgan, şarmanda qiliş, hatto jismonan yöq qiliş bilan tahdid qilingan audioyozuv keng tarqaldi. Bu holat mamlakatimizdagi barça OAV vakillari, blogerlar va keng jamoatçilikning qattiq munosabati va tanqidiga sabab böldi.
Davlatimizdagi huquqni muhofaza qiluvçi idoralar zudlik bilan uşbu audioyozuv böyiça suriştiruv işlarini olib borişi, voqea qaçon, qayerda, kimlar bilan sodir bölgani aniqlanişi hamda qonunda belgilangan tartibda boşqa çoralar körilişi zarur.
Audioyozuvdagi holat haqiqatda röy bergan bölsa, demokratik islohotlarning eng muhim şarti – söz va fikr erkinligiga, jurnalistlarga oçiqdan-oçiq tahdid qiliş, «menga hamma narsa mumkin», deb öylaş, avvalo, xalq va davlatni mensimaslik, deb baholanişi kerak.
Xalq demokratik partiyasi kasbi, faoliyat turi, ijtimoiy holatidan qat'i nazar, har bir insonning ustuvor huquqlari töliq kafolatlanişi va amalda ta'minlanişi zarur, deb hisoblaydi. Mutasaddi idoralardan tez orada aniq va rasmiy ma'lumotlarni kutadi», deyiladi Özbekiston XDP Markaziy Kengaşi Axborot xizmati bayonotida.
Bundan avvalroq «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi ham uşbu holat yuzasidan munosabat bildirib, jurnalistlarga tahdid qilgan Jahongir Ortiqxöjayevga qonuniy çora körilişini söragandi.












