Davlat statistika qömitasi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda «Aholini röyxatga oliş töğrisida»gi qonun loyihasi işlab çiqilgan edi.
19 noyabr kuni hujjat muhokamasi yuzasidan «Özbekistonda aholini röyxatga olişning huquqiy asoslari» mavzusida seminar ötkazildi, deb xabar bermoqda qömita matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, hujjatni işlab çiqişda Yevropa statistiklari konferensiyasining tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanilgan. Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon, Qirğiziston, Armaniston, Tojikiston, Moldova, Litva, Latviya, Buyuk Britaniya va boşqa davlatlarning tajribasi örganilgan.

Seminarda ta'kidlanişiça, «Aholini röyxatga oliş töğrisida»gi qonunning qabul qilinişi aholini röyxatga oliş sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tizimga solişni ta'minlaydi va mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi fotosuratini oliş imkoni paydo böladi.
Jarayonda aholining yoşi, jinsi, milliy tarkibi (kam sonli aholisi bor millatlar), ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boşqa tavsiflari haqida ma'lumotlar yiğiladi va qayta işlanadi.
Şuningdek, röyxat ma'lumotlarni xalqaro körsatkiçlar bilan taqqoslaş va turli reytinglarda respublikaning munosib örnini körsatişga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi aprel oyida e'lon qilingandi. Loyiha ayni paytda Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga uçinçi öqiş uçun yuborilgan.
Ma'lumot uçun, Özbekiston hududida aholini röyxatga oliş ilk marta 1897 yilda ötkazilgan bölib, öşanda aholi soni 3,9 mln. kişini taşkil etgan. Keng miqyosli amaliyot oxirgi marta 1989 yilda ötkazilgan va öşanda aholi soni 19,7 mln. kişini taşkil etgan. 2019 yilning 1 oktabr holatiga joriy hisob böyiça Özbekiston aholisi 33,7 mln. kişini taşkil etadi.
Mustaqillik yillaridagi ilk röyxatga oliş tadbirlari 2022 yil kuziga belgilangan. Ayni jarayonda uylarning ham röyxati

















