Toşkent moliya instituti öqituvçilar va talabalarning kapital bozori sohasida bilim hamda malakasini oşirişda jahondagi eng nufuzli universitetlaridan biri AQŞning Kolumbiya universiteti bilan hamkorlik qilişi mumkin. Hamkorlik 2020 yildan boşlab yölga qöyilişi rejalaştirilgan, deya xabar berdi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi axborot xizmati.

Şu yilning 7 oktabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida kapital bozorini rivojlantiriş böyiça ötkazilgan yiğilişda Kapital bozorini rivojlantiriş agentligiga uşbu sohada mutaxassislar tayyorlaş böyiça Moliya institutini öz otaliğiga olişni topşirgan.

Şu munosabat bilan agentlik tomonidan noyabr oyi boşida AQŞdagi Kolumbiya universitetining xalqaro va jamoatçilik bilan aloqalar böyiça amaliyot professori Uilyam Eymikining Özbekistonga taşrifi uyuştirildi. Taşrif çoğida Kolumbiya universiteti bilan Moliya instituti örtasida hamkorlikni yölga qöyiş böyiça kelişuvga erişildi.

Hamkorlik doirasida Kolumbiya universiteti professorlari Özbekistonga muntazam ravişda kelib yoki onlayn ravişda seminarlar ötkazişi mumkin. Bundan taşqari, Moliya instituti talabalarini Kolumbiya universitetiga malaka oşirişga jönatiş ham rejalaştirilgan. Şuningdek, AQŞ universiteti Özbekistondagi oliy ta'lim muassasalariga kapital bozori böyiça sifatli öquv dasturini tuzişda ham yordam berişi közda tutilgan.

Kapital bozori agentligi rahbariyati va xodimlari Moliya instituti talabalariga muntazam ma'ruzalar öqişmoqda. Xususan, agentlik direktori Otabek Nazirov institut talabalariga özbek kapital bozorining islohoti va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati töğrisida ma'ruza qildi.

“Agar biz çinakam raqobatbardoş bozor iqtisodiyotini qurişni istasak, iqtisodiyotda kapitalni töğri va samarador taqsimlaşimiz lozim. Afsuski, bank tizimida davlat aralaşuvining kuçli ekani uşbu samaradorlikka salbiy ta'sir ötkazmoqda. Hozirgi şaroitda uşbu samaradorlikni oşirişning eng maqbul yöli – kapital bozorini tezkor rivojlantiriş”, – deya ta'kidladi agentlik rahbari.