Özbekistonda ayni paytda mavjud samolyotlar parki bilan loukoster biznes modelini amalga oşirib bölmaydi. Şu bois «Uzbekistan Airways» AJ gibrid aviataşuvlarni yölga qöymoqçi. Bu haqda Transport vazirligi havo transportini rivojlantiriş departamenti boşliği Uluğbek Bektaşev ma’lum qildi.

Foto: Ibrohim Döşanov

2018 yilning yanvarida Özbekiston hukumati tomonidan mamlakatga kam budjetli aviakompaniyalarni jalb etişni nazarda tutuvçi qaror qabul qilingan, 2018 yil oxirigaça milliy loukosterni taşkil etiş böyiça işlar yakuniga yetkazilişi kerak edi.

Bugun, 25 noyabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri oradan bir yildan köproq vaqt ötgan bölsa-da, nega bu borada heç qanday yangilik yöqligi haqida söradi.

Uluğbek Bektaşev haqiqatan ham «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi negizida loukoster kompaniya taşkil etilişi böyiça taklif kiritilganini ta’kidladi. Uning aytişiça, hisob-kitoblar Özbekistonda loukoster taşkil etib bölmasligini körsatgan.

«Misol uçun, Rossiyada «Aeroflot» qoşida «Pobeda» degan kompaniya bor, özining şu’ba korxonasi deyiladi. Qozoğistondayam «Air Kazakhstan» milliy aviakompaniyasi qoşida kiçik «Air Astana» kompaniyasi tuzilgan edi. «Özbekiston havo yöllari» ham şu narsani örganib çiqqandi, MAK qoşida loukoster kompaniyasi taşkil etiş rejalari bor edi. Şuning biznes modelini işlab çiqiş, hisob-kitobini qiliş böyiça topşiriq berilgan edi. Lekin hisob-kitob paytida hozirgi havo kemalari parki bilan bu biznes modelini amalga oşirib bölmasligi aniqlandi», deya Uluğbek Bektaşevning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

U ayni paytda Jahon banki konsultantlari bilan birga gibrid aviataşuvlarni yölga qöyiş rejalaştirilayotgani haqida aytib ötdi.

«Gibrid aviataşuv degani bitta yönaliş böyiça yölovçilar istaşsa odatdagi narxdagi, istaşsa loukoster kompaniyalari tomonidan taklif etiladigan narxdagi aviçiptalarni xarid qilişlari mumkin böladi. Odatdagi aviaçipta narxi içiga yölovçining ovqatlanişi, ma’lum oğirlikdagi bepul qöl yukini eltib beriş va favqulodda holatlarda aviaçiptani qaytarib beriş xarajatlari kiritib yuborilgan böladi, loukoster kompaniyalar tomonidan taklif etiladigan narxlardan ana şu narsalar çegirib taşlangan böladi», deydi Bektaşev.