Transport vazirligi havo transportini rivojlantiriş departamenti boşliği Uluğbek Bektaşev «Özbekiston havo yöllari» MAK, hozirgi «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tasarrufidagi samolyotlar bortidagi mediatekaga kiritilgan filmlar ança eski va kamligi böyiça şu paytgaça yölovçilardan köplab e'tirozlar kelib tuşganini qayd etdi. Uning aytişiça, mazkur masala yuzasidan «Uzbekistan Airways» aksionerlik jamiyatiga topşiriq berilgan.
«Bu masala texnik tomondan ozgina vaqt talab qiladi. Samolyotlarimizning mediatekasidagi filmlar, umuman, yölovçilar foydalanadigan köngiloçar tizim – bu samolyotning texnologiyasi. Biz mediatekadagi filmlarni «Airbus» va «Boeing» kompaniyalari mutaxassislari bilan birgalikda yangilaşimiz mumkin. Xohlasak ham mediatekadagi videolar, musiqalarni özgartira olmaymiz.
Misol tariqasida, men sizga Rossiyada yaqindagina bölgan voqeani aytib beraman. Rossiyada yölovçilarni kuzatib turiş maqsadida samolyot saloniga videokamera örnatiş böyiça aviakompaniyalarga qonun bilan talab qöymoqçi bölişdi. Bu masala Dumada muhokama qilindi. Ruslar ham Rossiyaning özida işlab çiqariladigan samolyotlardan taşqari «Airbus» va «Boeing» samolyotlaridan foydalanişadi. Şu sababli avikompaniyalar bu masalani faqatgina işlab çiqaruvçi bilan kelişgan holda qiliş mumkinligini aytib bu talabga qarşi çiqişdi. Natijada bu masala qaytadan körib çiqiladigan böldi. Bizning holatimiz ham xuddi şunaqa. «Airbus» va «Boeing» mutaxassislari bilan birga tizimni özgartirib, mediatekani yangilaşga majburmiz», deya Uluğbek Bektoşevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirda Özbekistonda aviaçiptalar nega qöşni mamlakatlardagidan qimmatligi, Havo kodeksiga özgartiriş kiritilsa, aviaçiptalar narxi kamida 20 foizga arzonlaşişi mumkinligi böyiça izoh berilgan, Özbekistondagi mavjud samolyotlar parki bilan loukoster biznes modelini amalga oşirib bölmasligi, şu bois gibrid aviataşuvlarni yölga qöyilişi kutilayotgani aytilgandi.
















