Ijtimoiy tarmoqlarda MIB Past Darğom tuman bölimi boşliği Ilhom Hamdamov 6 dekabr kuni işdan olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Ayrimlar buni 4 dekabr kuni tumanning «Qatorterak» mahallasida «Past Darğom tuman obodonlaştiriş boşqarmasi» davlat korxonasiga tegişli beton tayyorlaş korxonasining elektr tarmoğiga noqonuniy tarzda ulangani tuman MIB xodimlari tomonidan foş qilingani tufayli mahalliy hokimlik tomonidan qöllangan jazo tariqasida talqin qilmoqda.
Kun.uz’ga Samarqand viloyat MIBdan ma'lum qilişlariça, MIB Past Darğom tuman bölimi boşliğining işdan olinişida mahalliy hokimiyatning aslo aloqasi yöq. Aslida, bu haqiqatga töğri kelmaydigan va notöğri ma'lumot. Şunçaki voqealar tasodifan töğri kelib qolgan.
Şu bilan birga, Past Darğom tuman MIB boşliği 6 dekabr kuni işdan olingani rost.
Bunga sabab — viloyat MIB bölimlarida oldinroq respublika komissiyasi tomonidan ötkazilgan kompleks tekşiruvda ayrim tumanlarda, jumadan, Past Darğomda bir qator körsatkiçlar böyiça salbiy natijalar qayd etilganidir. Şu sabab bilan I.Hamdamovdan taşqari Urgut tuman MIB boşliği ham işdan böşatilgan. Tekşiruv yakunlariga köra hali yana bir qator rahbarlar va xodimlarga nisbatan ham intizomiy çoralar qöllanişi mumkin.
Past Darğom tumanida yuz bergan voqea böyiça Kun.uz muxbirlari bugun yana öşa yerda böldi.
Viloyat va tuman hokimliklari matbuot xizmati hamda viloyat-u tumandagi sohaga aloqador taşkilotlar bilan birgalikda elektr tarmoğiga noqonuniy ulaniş voqeasi yanada sinçiklab örganildi.
Mojaroga nima sabab bölganiga oydinlik kiritildi. Voqea iştirokçilariga savollar berildi. Hujjatlar bilan tanişildi.
Keyinroq bu haqda batafsil maqola Kun.uz’da e'lon qilinadi.
Şuhrat ŞOKIRJONOV,
Kun.uz maxsus muxbiri

















