Keça, 9 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudida Farğona viloyati Qöştepa tumani hokimi I.Novikov jabrlanuvçi, çorvador fermer esa huquqbuzar sifatida ötgan ma'muriy iş böyiça yakuniy qaror qabul qilindi. Voqea tafsilotlari öquvçiga tuşunarliroq bölişi uçun moziyga qaytamiz.

 2019 yil 15 mart kuni Kun.uz saytida, Farğona viloyati Qöştepa tumani hududida faoliyat yurituvçi «Olimboy hoji» çorvaçilik fermasidagi muammolar haqida ilk maqola e'lon qilindi.

 Unda fermer xöjaligi manzilli dastur asosida 2018 yili Germaniya davlatidan, har birining narxi 2070 yevro bölgan 99 boş naslli qoramol olib kelgani, biroq tuman hokimligi tomonidan ozuqa yetiştiriş uçun giyoh ham ösmaydigan, nobop yer maydoni berilgani, buning oqibatida ozuqa-yem taqçilligi yuz berib, qoramollar nobud böla boşlagani bayon qilingan edi.

Maqola e'lon qilingaç, Qöştepa tumani hokimi I.Novikov tuman IIB boşliğiga ariza bilan murojaat qilib, göyoki «Olimboy hoji» çorvaçilik fermer xöjaligi rahbari Abdumannob Qosimov naslli mollarining ölimiga ozuqa yetişmasligi, unga qumloq joydan yer ajratilgani va boşqa vajlar bilan unga nisbatan tuhmat qilganidan arz qiladi.

 Işni yarim-çala örgangan va kimsan Qöştepa hokimi I.Novikovning çizgan çiziğidan çiqib keta olmagan IIB profilaktika inspektori esa «öz vazifasini a'lo darajada uddalab», A.Qosimovni tuman hokimiga nisbatan tuhmat qilganlikda aybli deb topadi va işni ma'muriy sudga oşiradi.

 Qöştepa tumani ma'muriy sudi mazkur işni 22 may kuni oçiq sud majlisida körib çiqib, A.Qosimovni hokim I.Novikovga tuhmat qilgan deb topadi va eng kam iş haqining 2 baravari miqdorida ma'muriy jarima qöllaydi.

 Çorvadorning Qöştepa ma'muriy sudi qaroridan norozi bölib yozgan şikoyatini viloyat ma'muriy sudi kassatsiya instansiyasi körib çiqadi va joriy yilning 7 avgustidagi qarori bilan dastlabki qarorni özgarişsiz, öz kuçida qoldiradi.

 Özining haqligiga işongan A.Qosimov adolat istab Oliy sud ostonasiga boş uradi.

 Iş tafsilotlarini har tomonlama va xolis körib çiqqan Oliy sud sudyasi M.Nazarov joriy yil 9 dekabr kuni adolatli qaror qabul qildi. Unga köra, Qöştepa tuman va Farğona viloyat ma'muriy sudlarining qarorlari bekor qilinib, MJtKning 271-moddasi 1-qismiga asosan A.Qosimovning harakatlarida ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari yöq deb topildi va unga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik holati tugatildi.