Bugungi kunda Özbekistondagi jazoni ötaş muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar 1 mln sömgaça oylik olmoqda. Ammo ularga iş staji yozilmaydi, mehnat daftarçasi yuritilmaydi.

Ozodlikdan mahrum etilgan şaxslar 2019 yilning 11 oyi davomida oilalariga jami 16,5 milliard söm pul yuborgan.

Bu haqda IIV Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi boşliği örinbosari – Işlab çiqariş-texnika boşqarmasi boşliği Şarofiddinxöja Usmonovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Prezidentimiz tomonidan qöyilgan vazifaga köra, mahkumlarning oylik olişidan maqsad – boquvçisini yöqotgan oila a'zolarini öz holiga taşlab qöymaslikdan iborat. 2019 yilning 11 oyida mahkumlarga 84,1 mlrd söm oylik belgilangan bölsa, şundan 16,5 milliardi ularning oila a'zolariga yuborilgan.

Kelgusida bundan ham oşirib oylik tölaşni, yaxşi iş örinlarini barpo qilişni maqsad qilganmiz», dedi Usmonov 9 dekabr kuni matbuot anjumanida.

Şarofiddinxöja Usmonov

Ma'lum qilinişiça, şu yilning 11 oyi mobaynida jazoni ijro etiş tizimida 3231 ta yangi iş örni yaratilib, qöşimça 3995 nafar mahkumning bandligi ta'minlangan.

Ayni paytda mehnatga layoqatli mahkumlarning 88 foizi mehnatga jalb etilgan. IIV mulozimlariga köra, mahkumlarga munosib mehnat şaroitlari yaratilgan, şaroitlar kadastr, quriliş-sanitariya, yonğin xavfsizligi normalariga javob beradi.

Jurnalistlarning savollariga javoban, tungi vaqtda işlayotgan mahkumlarga Mehnat kodeksida belgilanganidek bir yarim barobar miqdorida iş haqi tölanişi, şuningdek, mahkumlarning oylik iş haqidan davlat suğurtasi tölovi ajratilmasligi, pensiya hisoblaş uçun suğurta tölovlarining tölanişi asos hisoblanişi, şu bois jazo muddatini ötayotgan davrda mehnat daftarçasi yuritilmasligi va ularga iş staji yozilmasligi ma'lum qilindi.

«Hozirgi kunda Jinoyat-ijroiya kodeksiga özgartiriş kiritiş böyiça taklif berilgan. Aynan mahkumlarning işlagan davri iş staji va pensiya hisoblanişida tan olinişini taklif qilganmiz, çunki özimizdayam bu bilan boğliq köplab savollar tuğilgan.