Toşkent şahrida köp qavatli uylarni ta'mirlaş uçun ajratilgan kredit mablağlari «Gulzor-B.» nomli XUJMŞ tomonidan talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Uluğbek tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, bank muassasasi tomonidan 2017-2018 yillarda «Gulzor-B» nomli xususiy uy-joylar mulkdorlari şirkatiga qaraşli köp qavatli uylarda ta'mirlaş işlarini amalga oşiriş uçun ajratilgan 2,6 mlrd. söm kredit mablağlari «O.B.», «M.U.» va «K.Y.» MÇJlarga quriliş-ta'mirlaş işlari uçun ötkazilib, şundan, 194,8 mln. sömlik bajarilgan işlar böyiça hujjatlar «Gulzor-B» XUJMŞga taqdim qilingani, qolgan 2,4 mlrd sömlik bajarilgan işlar uçun tasdiqlovçi hujjatlar yöqotilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan «Gulzor-B.» XUJMŞ hamda «O.B.», «M.U.» va «K.Y.» MÇJlar mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda», deyiladi xabarda.

















