Özbekistonda davlat uluşi yuqori bölgan 20ta yirik kompaniya aksiyalari 2021 yilning II çoragida IPO orqali sotilişi rejalaştirilmoqda.
Uşbu muddat kapital bozorini rivojlantirişning beş yillik strategiyasi loyihasida körsatib ötilgan.
Aksiyalari oçiq savdoga çiqariladigan 20ta kompaniya röyxati hozirça ma’lum emas.
Röyxat hali töla şakllanmaganini 27 noyabr kuni Londonda bölib ötgan «UzInvest» forumi doirasidagi matbuot anjumanida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sunatulla Bekenov ham tasdiqlagan edi.
Kun.uz muxbiriga köra, Bekenov «Aloqabank» va «Özsanoatqurilişbank» davlat banklari, Özbekiston tovar-xomaşyo birjasi, «Kvars» şişa zavodi va «Jizzax plastmassa» zavodi xususiylaştirilişi aniqligini ma’lum qilgan.
«Biz, şuningdek, barça yoğ-moy zavodlari, «Kafolat» suğurta kompaniyasi, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, Bekoboddagi «Özmetkombinat», Özbekistondagi eng yirik sement işlab çiqaruvçi zavod «Qizilqumsement» kabilarni ham xususiylaştiriş masalasini körib çiqyapmiz», – degandi Bekenov.
Jurnalistning «Özbekneftegaz» ham şular qatoridami, degan savoliga Bekenov bu masala ham körib çiqilayotganini ma’lum qilgan.
«Biz hozir xalqaro moliya taşkilotlari bilan davlat korxonalarini boşqariş strategiyasini işlab çiqiş ustida işlayapmiz. Uşbu strategiya doirasida qaysi korxonalarni va qay tarzda xususiylaştiriş masalasiga aniqlik kiritiladi. Hujjat 2020 yil fevraligaça tayyor böladi», - deya qayd etgandi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori.

















