Yakunlanayotgan 2019 yil Özbekiston uçun öz nomi bilan faol investitsiyalar yili böldi deyiş mumkin. Oktabr oyiga kelib, mamlakatning taşqi qarzi miqdori 21 milliard dollardan oşdi, jalb etilgan töğridan töğri xorijiy investitsiyalar miqdori 2018 yilga nisbatan deyarli uç barobarga köproqni taşkil etdi.

Kun.uz yil yakunida uşbu soha uçun bevosita mas'ul – Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan intervyu taşkil qildi. Suhbat davomida vazir qator mavzular sirasida çetdan qarz oliş masalasiga ham töxtalib ötdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda, internet sahifalarida: «Taşqi qarzimiz juda köpayib ketdi, ertaga farzandlarimiz tölaşi kerak böladi», degan fikrlar juda köpayib ketdi. Bir narsani aniq özimiz uçun tuşunib olişimiz kerak. Birinçidan, Özbekistonning hozirgi kundagi taşqi qarz miqdori juda ham past darajada deb hisoblanadi. Buni ölçaşning öziga yaraşa metodikasi bor, masalan YaIMga nisbatan uluşini oliş mumkin.

Töğri, taşqi qarzimiz 2019 yilda oldingi yillarga nisbatan keskin oşgan. Bunda oldingi yillarda çetdan qarz juda kam olinganini inobatga oliş kerak. Iqtisodiyotimizga, yalpi içki mahsulotimizga nisbatan oladigan bölsak, darajasi yuqori emas. Hozir hatto örtamiyona sanaladigan darajadan ham past.

Ikkinçidan, taşqi qarz oliş xavotirli narsa emas. Agar bu qarz notöğri sarflansa yoki şaffof bölmagan jarayonlar orqali özlaştirilsa, ana şunda bu xavotirli böladi. Mana şu ikkita narsa juda muhim. Agar taşqi qarzni birinçi navbatda infratuzilmaga: yöllar, suv bilan ta'minlaş, kanalizatsiya tizimlari, gaz va elektr bilan ta'minlaş yönalişlariga yönaltiradigan bölsak, bu albatta kelgusidagi investitsiyaviy jozibadorligimizga töğridan töğri ijobiy ta'sir qiladi. Va albatta, birlamçi vazifamiz – mana şu taşqi qarzga olingan mablağlarni şaffof yöl bilan işlatiş. Ya'ni pudratçilarni aniqlaş, işni bajarib beradigan xoh xorijiy, xoh içki şirkatlarni aniqlaş jarayonlarining şaffofligini va narxlarning töğriligini nazorat qila olsak, qolaversa töğri yönalişlarga işlatilsa, bu mablağlar – iqtisodiyotning kelgusida ösişi uçun eng ijobiy, eng katta omil bölib xizmat qiladi. Şuning uçun bizda xavotirli joyi yöq.

Kelgusidagi investitsiyalarning barqaror jalb etilişini xohlasak, infratuzilmani rivojlantirişimiz kerak. Bu – bir. Taşqi qarz işlatiladigan ikkinçi yönaliş – ijtimoiy soha. Maktabgaça ta'lim, xalq ta'limi, oliy ta'lim, soğliqni saqlaş kabilarning hammasi – aslida davlat hisobidan moliyalaştiriladigan sohalar. Lekin bugungi kunda davlat budjetining imkoniyatidan kelib çiqib, bu masalalarning hammasini tölaqonli yeça olmaymiz. Çunki xalqimiz aytganidek, körpaga qarab oyoq uzatiş kerak. Bunday holatda tez suratlar bilan soni oşib borayotgan aholimizga teng şaroitlarni yaratiş uçun eng töğri yöl – uzoq muddatli, imtiyozli, ya'ni foizi past taşqi qarzni jalb etiş. Şu orqali bugun şu masalalarni yeçiş. Muhtaram yurtboşimiz ham aytadilar: xalq bugun yaxşi yaşaşni xohlaydi, ertaga emas.