Tramp Erondagi 52ta obektga zarba berish bilan tahdid qildi

Foto: REUTERS/Kevin Lamarque
AQSh prezidenti Donald Tramp agar Tehron amerikaliklarga yoki AQSh obektlariga hujum qilsa, Erondagi 52ta obektga zarba berilishidan ogohlantirdi.
«Bu ogohlantirish bo‘lsin: agar Eron amerikaliklar yoki AQSh obektlariga zarba bersa, biz Eron tomonidan uzoq yillar avval garovga olingan 52 kishini ramzlovchi Erondagi 52ta nishonni tanladik», deb yozgan Tramp tvitterda.
....targeted 52 Iranian sites (representing the 52 American hostages taken by Iran many years ago), some at a very high level & important to Iran & the Iranian culture, and those targets, and Iran itself, WILL BE HIT VERY FAST AND VERY HARD. The USA wans no more threats!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) January 4, 2020
Tramp garovga olingan 52 kishini eslab o‘tganda, 1979 yil AQShning Tehrondagi elchixonasida yuz bergan voqeani nazarda tutgan. O‘shanda eronlik isyonchilar guruhi AQSh elchixonasidagi o‘nlab odamlarni garovga olgan. Ulardan ba'zilarini tezda ozod qilishga muvaffaq bo‘lingan, biroq 52 kishi 1981 yilga kelibgina ozod qilingan.
AQSh prezidenti muayyan nishonlarni keltirmagan, ammo uning aytishicha, tanlangan ba'zi obektlar Eron hamda uning madaniyati uchun juda ahamiyatli obektlar hisoblanadi.
«Biz bu nishonlarga, Eronga tez va juda kuchli zarba beramiz. AQSh boshqa tahdidlarni eshitishni istamaydi!», deya qo‘shimcha qilgan Tramp.
AQSh prezidenti hozirda Eronda 3 yanvarga o‘tar kechasi o‘ldirilgan «Al-Quds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy uchun o‘ch olish maqsadida AQShning qanchalik ko‘proq obektiga zarba berish masalasi ochiqchasiga muhokama qilinayotganini ta'kidlab o‘tgan. Uning aytishicha, Sulaymoniy ko‘plab odamlarning, jumladan amerikaliklarning o‘limiga javobgar.
- Donald Tramp farmoyishi bilan Eronning tashqi siyosatidagi asosiy figura bo‘lgan Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgach, AQSh hukumati Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 3,5 ming harbiy jo‘natishga qaror qildi. Ular Kuvaytdagi bazaga joylashtiriladi, avvalgi haftada bu yerga 700 nafar harbiy olib kelingandi.
- Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashishi tufayli Buyuk Britaniya qirolligi harbiy floti kemalari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanuvchi britan savdo kemalarini qo‘riqlashni boshlagan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

21:05 / 11.05.2025
Tehronda O‘zbekiston-Eron biznes forumi o‘tkazildi

23:18 / 10.05.2025
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025