IIV Tergov departamenti mas'ul xodimi Adhamjon Abdullayev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda «Avto oltmish oy» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi bilan boğliq qöşimça tafsilotlarni ma'lum qildi.

«Tergov jarayonida aniqlanişiça, Jamşid Bahodirov özining jinoiy şeriklari bilan oldindan til biriktirib, bir guruh bölib, «Avto oltmish oy» va «Catalea Media» MÇJ va YaTT «J.Baxodirov»ni taşkil etib, 3 oy muddat içida Özbekistonda «UzAuto Motors» AJ tomonidan işlab çiqarilgan avtomaşinalarni yetkazib berişni va'da qilib, jami 18 mingdan ortiq fuqarolardan avtomaşina rusumiga qarab, 1 mln sömdan 10 mln sömgaça bölgan miqdorda pul olib, jami 57 mlrd söm mablağni qölga kiritgan.

2019 yil 21 oktabr kuni J.Bahodirovga nisbatan JKning 188-1-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblov e'lon qilinib, «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllangan.

«Avto oltmish oy» MÇJ rahbari Jamşid Bahodirov

Bundan taşqari, 2019 yil 11 noyabr kuni uşbu jinoyatga aloqdor yana 3 nafar şaxsga nisbatan JKning 188-1-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e'lon qilingan va ularga ham tegişli ehtiyot çoralari tanlangan.

Jinoyat işi yuzasidan ötkazilgan tintuv-tergov harakati davomida olingan kompyuter texnika vositalari, 3ta «Spark», 1ta «Treker», 1ta «Damas», 1ta «Lasetti» rusumli, jamiyat xodimlariga tegişli avtomaşinalar, 28ta turli rusumdagi umumiy qiymati 2,1 mlrd söm bölgan avtomaşinalar xatlangan», – dedi Adham Abdullayev

Uning sözlariga köra, hozirgi kunga kelib jinoyat işi yuzasidan jami 16 ming 800 nafar kişi söroq qilingan.

Ma'lum qilinişiça, yetkazilgan moddiy zarar hajmi 57 mlrd sömga teng. Şundan 44 mlrd sömi undirilgan (26,1 mlrd sömi naqd pul şaklida). Jami 17,9 mlrd sömlik mol-mulk xatlangan.

«Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda va jinoyat işi yakuniga köra OAV vakillari bilan uçraşuv (brifing) taşkil etiladi», – deya  qöşimça qildi Tergov departamenti rasmiy vakili.

2019 yilning oktyabrida «Avto oltmish oy» MÇJ mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 1-qismi (pul mablağlarini va boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat işi qözğatilgan