Rossiyaning Toşkentdagi elçixonasi rasmiy tvitterida Özbekistonga taşrif buyurgan Rossiya TIV rahbari vazifasini bajaruvçi Sergey Lavrovning keçki ovqati surati joylaştirildi.
«Toşkentda vazir uçun lağmon tayyorlandi - Sergey Viktoroviçning sevimli taomi. Özbekça yoqimli kuç amalda», deyiladi elçixona tvitida.

Sergey Lavrov 15 yanvar kuni keçqurun Toşkentga keldi.
Taşrif dasturidan Özbekiston Taşqi işlar vazirligida muzokara ötkaziş va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toşkent şahridagi filialiga boriş közda tutilgan.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Taşqi işlar vazirliklari örtasida 2020-2021 yillarga möljallangan Hamkorlik dasturini imzolaş rejalaştirilgan.
Lavrovning Toşkentga rasmiy taşrifi sanasi 12-13 yanvarga rejalaştirilgandi. Ammo xalqaro tadbirlar jadvalidagi ayrim özgarişlar sababli Rossiya taşqi işlar vazirining 15-16 yanvarga köçirilgandi.
















