Qişloq xöjaligi ekinlarini oqilona joylaştiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.

Nizomga köra, qişloq xöjaligi ekinlarini oqilona joylaştirişda qişloq xöjaligida fermer xöjaliklari va boşqa qişloq xöjaligi yerlaridan foydalanuvçilar takliflari, içki va taşqi bozor talablari hamda hududlarning tabiiy iqlim şaroitlari va suv bilan ta'minlanganlik darajasi töğrisidagi ma'lumotlar asos qilib olinadi.

Quyidagilar qişloq xöjaligi ekinlarini oqilona joylaştirişning asosiy tamoyillari hisoblanadi:

qişloq xöjaligi mahsulotlarining yöqotilişini va transport xarajatlarini kamaytiriş maqsadida xom-aşyolarni qabul qiliş, qayta işlaş korxonalariga va tayyor mahsulotlarni qabul qiliş punkt (iste'molçilarga yetkazib beriş maydon)lariga yaqin hududlarga joylaştiriş;

mahsulot birligi böyiça xarajatlarni kamaytiriş;

qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştiriş uçun nisbatan qulay hududni tanlaş va xarajatlarni baholaş işlarini ötkaziş;

agrosanoat majmui tarmoqlarining özaro munosabatlarini maqbullaştiriş;

hududda kam rivojlanayotgan sohalarni kuçaytiriş uçun qöşimça işlab çiqariş imkoniyatlarini, zaruriy infratuzilmalarni yoki savdo taşkilotlarini yaratiş;

içki va taşqi bozorlardagi talab va taklif nisbatini hisobga oliş;

talab köp bölgan eksportbop qişloq xöjaligi mahsulotlari turlarini yetiştiriş;

qişloq xöjaligi yerlaridan foydalanuvçilar, eksportyorlar va qayta işlovçi korxonalarning takliflari asosida ekinlarni joylaştiriş;

işlab çiqarilgan mahsulotlar hisobiga hududning iste'mol talabini qondiriş;

qayta işlaş korxonalarining xom-aşyo resurslariga bölgan talabini hisobga oliş;

qişloq xöjaligining istiqboldagi rivojlaniş yönalişlarini hisobga oliş.

Qişloq xöjaligi ekinlarini oqilona joylaştirişda quyidagi mezonlarga rioya etilişi ta'minlanişi kerak:

hududning tabiiy-iqlim şaroitlari: geografik joylaşgan örni, geomorfolik-litologik tuzilişi, gidrogeologik va iqlim şaroitlari, tuproq unumdorligi (ball-boniteti) va meliorativ holati, qişloq xöjaligi ekinlarining ösuv davrining davomiyligi, foydali harorat yiğindisi, yoğingarçilik miqdori, gidromeliorativ tizimlari va yer osti suvlarining holati, sovuq va qurğoqçilik davrining boşlaniş ehtimoli, suv va şamol eroziyasining mavjudligi hamda xöjalik ixtisoslaşuvi;