Bugun, 18 yanvar kuni Toşkent şahrida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati - Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengaşining majlisi ötkazilmoqda. 

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, majlisni ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Xaitov olib bormoqda. 

Saylovlarda Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasida 53 nafar deputatlik örnini egallab, mamlakat tarixida törtinçi bor parlamentdagi eng yirik fraksiyani taşkil etdi.

Yiğilişda Konstitutsiyaning 98-moddasiga asosan, Özbekiston Respublikasi boş vaziri nomzodini körsatiş masalasi siyosiy kengaş a'zolari tomonidan atrofliça muhokama qilindi. 

Kun.uz muxbiri xabariga köra, boş vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodi ilgari surildi va nomzod ma'qullandi.

Asosiy qonunga binoan, Özbekiston Respublikasi boş vaziri nomzodi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga saylovda eng köp deputatlik örinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan Özbekiston Respublikasi prezidentiga körib çiqiş uçun taqdim etiladi. 

Bundan oldin, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari lavozimiga partiya Siyosiy Kengaş Ijroiya qömitasi raisi Aktam Xaitov nomzodi tasdiqlangani xabar berilgandi.