Şu kunlarda internetda «Özatom» agentligi logotipi tuşirilgan va Çernobil hududi tabiat uçun jannatga aylangani haqida yozilgan slayd surat tarqalib, bu holat bahs-munozaralarni keltirib çiqardi. «Özatom» agentligi uşbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ma'lum qilinişiça, 18 yanvar kuni Toşkentdagi Vestminster xalqaro universitetida «Özbekistonda energetika sohasini rivojlantiriş istiqbollari» mavzusida oçiq muloqot bölib ötgan. Unda Çernobil AES yon-atrofidagi tark etiş zonasi misolida radiatsiya va nurlanişning turli genetik mutatsiyalarga hamda tabiatga salbiy ta'siri töğrisida slayd körsatilgan, unda «Çernobyl stal rayem dlya prirody» deb yozilgan. Agentlikning qayd etişiça, bu slayd ijtimoiy tarmoqlarda «notöğri talqin qilinmoqda».
«Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda yadroviy texnologiyalarning xavfsizligi masalalari töğrisidagi prezentatsiyaning konteksti ostidan çiqarib olib notöğri talqin qiliş va tarqatiş holatlari kuzatilmoqda.
Xususan, Çernobil AESi yon-atrofidagi tark etiş zonasi misolida radiatsiya va nurlanişning turli genetik mutatsiyalarga hamda tabiatga salbiy ta'siri töğrisidagi slayd notöğri talqin qilinmoqda va tarqatilmoqda», deyiladi xabarda.
«Özatom» agentligining ma'lum qilişiça, oçiq muloqotda çiqiş qilgan ma'ruzaçi bu slayd bilan quyidagiça fikr bildirmoqçi bölgan:
Hozirgi kunda atom energetikasi va yadroviy texnologiyalardan foydalaniş sohasi atrofida haqiqatga zid köplab afsonalar tarqalgan. Şunday afsonalardan biri — radiatsiyaning ta'siri natijasida naslda genetik özgarişlar hosil bölişi.
Tarixda katta miqdordagi radiatsiyaning aholi va tabiatga ta'siri holatlari yuz bergan. Masalan, Çernobil örmonlarida ikki kallali hayvonlar yoki mutantlar yaşaşi töğrisida afsona mavjud. Yoki Yaponiyada Xirosima va Nagasaki şaharlari bombardimon qilingandan söng genetik özgarişlar bilan bolalar tuğilgani haqida afsona mavjud.
Keyingi slaydlardan körinib turibdiki, Çernobil AESning tark etiş zonasida hozirda odamlar yaşamaydi, u yerda heç qanday xöjalik faoliyati amalga oşirilmaydi va şu sababli tabiat gullab-yaşnamoqda.
Qöşimça qilinişiça, uşbu afsonalarning talqinidan taşqari, tadbirda atom elektr stansiyasining afzalliklari va zamonaviy yadroviy texnologiyalarning xavfsizlik darajasi töğrisida atrofliça ma'lumot berilgandi.

















