Bugun, 20 yanvar kuni, yangi çaqiriq Oliy Majlis Qonunçilik palatasining ilk majlisi bölib ötmoqda. Unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etmoqda. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov oçdi.

Birinçi majlisning Muvaqqat kotibiyati, Sanoq komissiyasi hamda Ovozlarni hisoblaş elektron tizimidan foydalanişni nazorat qiluvçi muvaqqat guruh saylab olindi va kun tartibi tasdiqlandi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Qonunçilik palatasiga bölib ötgan saylov yakunlari töğrisida axborot berdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Reglamentiga muvofiq, quyi palata Spikerini saylaş uçun Siyosiy partiyalar vakillari kengaşi tuzildi. Mazkur kengaşning taklifiga binoan, deputatlar yaşirin ovoz beriş yöli bilan Nurdinjon Ismoilovni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining spikeri etib sayladilar.

Davlat rahbari spikerning bilim va tajribasi, fidoyiligini ta'kidlab, uning va palataning işiga muvaffaqiyat tiladi.
- Sizlar tarixiy davrda tarixiy deputatlar bölib saylandilaringiz. Bunga har kuni, har daqiqa munosib bölişingiz, xalqçil qonunlar qabul qilib, aholi farovonligiga hissa qöşişingiz kerak, - dedi prezident.
Nurdinjon Ismoilov 1959 yilda Namangan viloyati, Uçqörğon tumanida tuğilgan, ma'lumoti oliy. 1980 yil Toşkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqşunos. Ilmiy darajasi: yuridik fanlari nomzodi. 1999 yilda «Şuhrat» medali, 2002 yilda «Döstlik» ordeni bilan taqdirlangan.
















