AQŞ Davlat departamenti rahbari Maykl Pompeo 31 yanvar kuni Ukrainaga taşrif buyuradi. Bu haqda departamentdagi manbaga asoslangan holda BuzzFeed naşri xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinişiça, taşrif davomida Pompeo Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uçraşişni rejalaştirgan. Qayd etilişiça, bu Donald Trampga qarşi impiçment jarayoni boşlanganidan buyon AQŞ prezidenti ma'muriyati vakilining Ukraina prezidenti bilan ilk uçraşuvi böladi.

Pomeoning özi ham Bloomberg TV uçun bergan intervyusida yaqin vaqtlar içida Ukrainaga taşrif buyurişi haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan.

«Ha, men u yerga borişga (Ukraina) otlanganman. Men buni avvalroqqa rejalaştirgandim. Ammo Yaqin Şarqda muammolar çiqdi va bu bilan şuğullanişimga töğri keldi. Garçi bu muammolar töla hal qilinmagan va oldinda hali iş köp bölsada, men tez orada Ukrainaga borişni möljallamoqdaman», degan u.

AQŞ Davlat kotibi «Ukraina Yevropaning şarqiy çekkasida, demokratiya va tiraniya örtasida joylaşgani»ni qayd etgan. Uning aytişiça, AQŞ uşbu davlat suvereniteti xavfsizligini ta'minlaş uçun yordam körsatişda mas'uliyatni zimmasiga olgan.

«Biz hammayoqda demokratiya bilan şuğullanamiz. Ular AQŞning yirik savdo hamkorlari, Amerika Ukrainada qator manfaatlarga ega.

Biz ularga himoyalana olişi uçun qurollar yetkazib beramiz. Biz ukrainlarning yangi yetakçisini - Vladimir Zelenskiyning korrupsiya yöqotilişi va demokratiya mustahkamlanişiga qaratilgan sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaymiz», deya qöşimça qilgan Pompeo.

OAV ma'lumotiga köra, AQŞ rasmiysi Kiyevga kelişidan oldin 29-30 yanvar kunlarida Londonda böladi, Belarus TIV rasmiysi xabariga köra, u Ukrainadan keyin 1 fevral kuni Minskka taşrif buyuradi.

Eslatib ötamiz, Pompeo Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo böylab turnesi doirasida 5-6 yanvar kunlarida Toşkentga taşrif buyurişni rejalaştirgandi, ammo Yaqin Şarqda Eron bilan yuz bergan mojarolar tufayli bu taşrif noma'lum muddatga qoldirilgandi. Hozirça uning Özbekistonga qaçon kelişi haqida ma'lumot yöq.