Si Tszinpin davlat telekanallari orqali mamlakat oğir ahvolda ekanligini aytgan.
«Biz xavfli vaziyatga duç keldik, yangi koronavirusning tarqalişi tezlaşmoqda. Biz kasallikka qarşi kuraşni va ularning oldini olişni doimiy ravişda kuçaytirmoqdamiz. Biroq hozir biz jamoat soğliqni saqlaş tizimida jiddiy favqulodda inqirozga duç keldik», degan Si Tszinpin.
Pekin va Şanxayda mahalliy hokimiyat virusni yuqtirgan hududlardan kelgan fuqarolarga murojaat qilib, 14 kunlik muddat davomida jamoat joylariga taşrif buyurişdan ixtiyoriy ravişda çeklanişni iltimos qilgan.
Şanba kuni keçasi Xitoy Yangi yilni kutib oldi, ammo 2019-nCoV koronavirusi sababli köplab bayramlar bekor qilindi.
Sönggi ma'lumotlarga köra, Uxanda koronavirus paydo bölganidan buyon kamida 56 kişi vafot etdi. Sönggi bir kun içida qurbonlar soni 15 kişiga oşdi.
Koronavirusning yangi turidan kelib çiqqan pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarning soni 1975 nafarga yetdi (bir kunda 688 kişiga ortgan). Dunyo böyiça 2000dan ortiq odam yangi koronavirusni yuqtirgan.
Kasallaniş va ölim holatlarining aksariyati Xitoyda kuzatilgan, ammo virus Tailand, Vetnam, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan, Nepal, Fransiya va AQŞda ham aniqlangan. Zararlanişning eng köp holati Xubey provinsiyasi va uning ma'muriy markazi Uxan şahrida.
Yakşanba kuni Kanada 22 yanvar kuni Uxandan qaytgan erkakda 2019-nCoV koronavirus yuqtirişning birinçi şubhali holati haqida xabar berdi. Bemor barqaror holatda kasalxonaga yotqizilgan, uning oila a'zolari izolyatsiya qilingan.
Şanba kuni Avstraliya hukumati koronavirus bilan kasallanişning mamlakatdagi birinçi holatini tasdiqladi. Melburn şahridagi kasalxonada ahvoli barqaror holatdagi xitoylik saqlanmoqda, u virus avj olgan Uxan şahrida bölib, 19 yanvar kuni Avstraliyaga uçib kelgan.

Malayziyada şanba kuni koronavirus infeksiyasining uçta holati tasdiqlandi. Ularning barçasi Singapurda virus taşxisi qöyilgan erkakning qarindoşlari bölgan Xitoy fuqarolaridir: uning 65 yoşli rafiqasi va ikki nabirasi.
Davlat televideniyasi turizm sohasi uyuşmasidan iqtibos keltirgan holda, duşanba kunidan boşlab mamlakatda turistik guruhlar tomonidan taşkillaştirilgan barça parvozlar töxtatilişi haqida xabar berdi.















