Mercedes kompaniyasining ikkita maxsus jihozlangan universal yuk maşinasi Unimog U 5023 Çilidagi faol vulqonning yonbağri böylab dengiz sathidan 6694 metr balandlikka kötarildi. Yuk maşinalar vulqon toğiga ilmiy qurilmani örnatiş uçun kötarilgan.
Maşinalar dunyodagi eng baland faol vulqon hisoblangan Oxos-del-Salado böylab yuqoriga kötarilgan. Mutaxassislar oldida Çilidagi Atakama çöli markazida joylaşgan 6893 metrlik toğda çodirli lagerlar yoyiladigan joylarga avariyaviy radiouzatgiçlarni örnatiş vazifasi turgan.

Aslida, 6694 metr balandlikka kötarilişga ehtiyoj bölmagan, çunki barça radiouzatgiç 6100 metr balandlikda örnatilgan. Biroq ekspeditsiya jamoasi 4 ğildirikli avtomobillar uçun jahon rekordi örnatişga qaror qilib, yuqoriga yölni davom ettirgan.
Ta'kidlaş joiz, ekspeditsiya rahbari Matias Yyeşe 2014 yilda Mercedes Zetros modelida örnatgan öz rekordini yangiladi.

Unimog U 20 vezdexodning qisqartirilgan modeli bölib, u 4 silindrli dvigatelda harakatlanadi. Yuk maşinasi işlab çiqarilişi 2008 yilda yölga qöyilgan. Maşinalar toğ yonbağirlari böylab kötarila olişi uçun ularning oğirlik markazini özgartiradigan yukning oldinga-orqaga harakatlaniş tizimi bilan jihozlangan.
Haydovçisiz vezdexod modeli rossiyalik muhandislar tomonidan işlab çiqilgan. U har qanday şaroitda qöllaşga möljallangan. Jumladan, maşina qor, muzda yura oladi, suzadi, 1,6 metrgaça balandlikdagi vertikal tösiqlardan va eni 2 metrgaça keladigan yoriqlardan öta oladi.

















