2020 yil 31 yanvar kuni Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi muassislari yiğilişi bölib ötdi. Mazkur yiğilişda Jamoat fondi Vasiylik kengaşi tarkibi şakllantirildi. 

Jamoat fondi ustaviga binoan qabul qilingan qarorga köra, Komil Allamjonov Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi, Saida Mirziyoyeva uning örinbosari etib saylangan. 

Ma'lumot uçun, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantiriş hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini röyobga çiqarişda kömak beriş, mamlakatda söz erkinligini mustahkamlaşda jamoatçilik institutining rolini oşiriş, Özbekistonning xalqaro imijini yanada yaxşilaşga kömaklaşiş va boşqalar hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva 29 yanvar kuni Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarligidan ketgandi.