2020 yil 31 yanvar kuni Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşining yiğilişi bölib ötdi.

Mazkur yiğilişda jamoat fondi emblemasi tasdiqlandi. Emblema markazida burgut tasvirlangan, uning atrofidagi aylana içida jamoat fondi nomi yozilgan. Jamoat fondi emblemasida burgutdan foydalanilgani bejiz emas.

«Burgut — kuçli, ğururli, ozodlikni sevuvçi, qat'iyatli quş va bu xislatlar mass-media olamini ham ifodalaydi. Burgutning makoni yuksak çöqqilar bölib, u yerdan heç bir tösiqlarsiz butun yon-atrofini kuzatib tura oladi. Jurnalist va blogerlarning asosiy vazifasi ham jamiyat hayotida sodir bölayotgan barça voqea va hodisalarni sinçkovlik bilan kuzatib borişi hamda xolisona yoritişidir.

Burgut — sadoqatli quş, ğirromlik va makkorlik unga begona. Bu xislatlar mass-media vakillarining kasb birdamligi, ularning inoqligi va ğoyalarga sodiqligining timsolidir. Burgutning kuçi esa jamiyatimizda söz erkinligini yanada mustahkamlaş niyatida bölgan jurnalist va blogerlar hamjamiyatining kuç va ğayratini ifodalaydi.

Burgut özining ziyrakligi va qat'iyatligi bilan ham alohida ajralib turadi. U öz oldiga qöygan maqsadi sari dadil harakat qiladi. Mass-media vakillari ham öz materiallarida biror masala yoki muammoni yoritganda, ularni oxirigaça hal qiliş yölida qat'iyat körsata olişi kerak», deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, yangi taşkil etilgan Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng şaroit yaratiş, ularni yanada rivojlantiriş hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini röyobga çiqarişda kömaklaşiş hisoblanadi.