«Özbekiston, Qozoğistonni kuzatmoqdamiz. Umuman olganda, biz MDHga qiziqiş bildiryapmiz», - dedi Çudnovskiy holding özining taşqi aktivlari portfelini kengaytirişni rejalaştirmoqdami, degan savolga javob qaytarib.
«Özbekiston böyiça hozirça jiddiy muzokaralar yöq. Aqtau böyiça esa (Aqtau xalqaro aeroporti, Qozoğiston) tanlov ketmoqda. U yerda xususiy aksiyadorlar - Aqtauni konsessiya doirasida rivojlantirgan va endi uni sotmoqçi bölgan turk konsorsiumi», - deya aniqlik kiritdi Çudnovskiy.
Avvalroq, Uzbekistan Airways AJ va Uzbekistan Airports AJ Özbekiston fuqaro aviatsiyasini rivojlantiriş sohasidagi islohotlar yuzasidan bayonot bilan çiqqandi.
Aytilişiça, aeroportlar holatini yaxşilaş böyiça qator yirik loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan. Samarqand xalqaro aeroportida yangi yölovçi terminali va uçiş-qöniş yölagining qurilişi natijasida aeroportning ötkazuvçanlik qobiliyati soatiga 500 nafar yölovçidan 1500 nafarga qadar kötariladi.

Foto: Yekaterina Kuzmina / RBK
Germaniyalik mutaxassislar iştirokida Toşkent aeroportining ötkazuvçanlik holatini optimallaştiriş va rekonstruksiya qiliş natijasida esa yölovçilarga xizmat körsatiş qobiliyati yiliga 4 milliondan 7 millionga ortadi. Termiz xalqaro aeroportida yangi uçiş-qöniş yölagining qurilişi, Andijon aeroportining rekonstruksiya qilinişi barça turdagi havo kemalariga xizmat körsatiş imkonini yaratib, amalga oşirilayotgan qatnovlar sonining 2-3 baravarga ortişiga olib keladi.

















