Toşkent şahridagi «BRITISH FOUNDATION TASHKENT» nodavlat ta'lim markazi mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi oçildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

«Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Uluğbek tumani bölimi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining qonuniy huquq manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda «BRITISH FOUNDATION TASHKENT» nodavlat ta'lim markazi mansabdor şaxslari markazga öqiş istagida murojaat qilgan fuqarolarning işonçiga kirib, ularni aldab, Buyuk Britaniyaning ta'lim standartlari yönalişi böyiça 3 oydan 9 oygaça sifatli ta'lim berişni va kelgusida Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlaridan birida tahsil olişlariga, markazning yakuniy imtihonlaridan ötolmagan öquvçilar Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti yoki Singapur menejmentni rivojlantiriş institutiga öqişga qabul qilinişiga işontirib yolğon va'dalar berib, 30 nafar öquvçining har biridan 7 000 AQŞ dollaridan jami 210 000 AQŞ dollarini öquv tölovi sifatida qölga kiritganliklari aniqlangan. 

Şuningdek, tekşiruvda markaz mansabdor şaxslari öquvçilardan olingan jami 82,7 mln. söm pul mablağlarini markazga kirim qilmaganliklari, markazga tegişli bölgan korporativ plastik kartaga juda köp miqdordagi pullarni tuşirib, özlariga ortiqça iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlarni hisoblab, jami 674,6 mln. söm miqdordagi pul mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan «BRITISH FOUNDATION TASHKENT» NTM mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi, 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda», deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati ma'lumotida.

Bundan avvalroq Kun.uz saytida «Talaba böliş orzusi sarobga aylandi. Noma'lum ta'lim dasturi jabrlanuvçilariga kim yordam beradi?» sarlavhali material e'lon qilingan, unda Angliyaning yetakçi universitetlarida va Özbekistonda joylaşgan xalqaro universitetlarda öqiş orzusida bölgan 41 nafar yoşlar qariyb 7000 ming AQŞ dollaridan tölab, «Foundation year» degan yangi dastur asosida 6 oy öqiganidan söng özlari kutgan natijaga erişa olmagani, natijada tölagan pullariga kuyib qolişgani bayon qilingandi.