2020 yil 04 yanvar kunidan 05 yanvar kuniga ötar keçasi noma'lum şaxslar Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumanida yaşovçi 37 yoşli D.M.ga tegişli “Töqimaçi” mahallasida joylaşgan MÇJ hududida turgan temir konteyner içidagi metall seyfni kalit bilan oçib, içidagi jami 30.000.000 söm pullarini yaşirin ravişda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yaşiringanlar.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida uşbu öğirlik jinoyatini 19 yoşli N.A., 18 yoşli S.A. va 17 yoşli T.S. sodir etganliklari aniqlangan hamda ularning har biridan öğirlangan pullar evaziga sotib olingan "Redmi Note 8" rusumli uyali telefonlar va turli xil kiyim-keçaklar aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.