Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayevning tegişli farmoni prezident saytida e'lon qilingan. 

Şu farmon bilan Saparbayev bungaça egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Prezidentning yana bir farmoni bilan Asqar Mirzaxmetov Jambil oblasti akimi lavozimidan ozod etilgan.

Berdibek Saparbayev. Foto: Akorda

9 fevralda 67 yoşini qarşilagan Saparbayev 2019 yil avgustdan beri boş vazir örinbosari lavozimini egallab kelgan. U, şuningdek, 2014-2015 yillarda ham uşbu lavozimda işlagan. 

Şuningdek, prezident farmoni bilan Masançi qişloği joylaşgan Korday rayoni akimi va politsiya bölimi boşliği, Jambil oblasti akimining ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari va politsiya departamenti boşliği faoliyatlarida yöl qöygan jiddiy kamçiliklar uçun işdan olingan.

7 fevral kuni keçqurun Jambil oblasti Masançi qişloğida qozoqlar va döngonlar örtasida mojaro kelib çiqqandi. Uning oqibatida 10 kişi halok bölgan, 130 dan köproq odam jarohat olgan.