Portugaliya prokuraturasi Angolaning sobiq prezidenti qizi, Afrikaning eng boy ayoli Izabel duş Santuşning Portugaliyadagi hisobraqamlariga taqiq qöydi.

Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Prokuraturada ta'kidlanişiça, uşbu qaror Portugaliya va Angola hukumatlarining birgalikdagi işi natijasi hisoblanadi. Yanvar oxirida Angola boş prokurori Xelder Pitta Groz hukumat Portugaliyadan duş Santuş hisobraqamlariga taqiq qöyişni söraşini ma'lum qilgan. Avvalroq duş Santuşga Sonangol davlat neft kompaniyasi mablağlarini xarjlab yuboriş ayblovi ilgari surilgan. 

Angola boş prokurori agar duş Santuş Angola poytaxti Luandaga kelganda söroqqa öz ixtiyori bilan kelsa, hibsga olinmasligini hamda davlatga u öğirlaşda ayblanayotgan 1 mlrd dollardan köproq mablağni tölasa, unga qarşi jinoiy iş yopilişini aytgan. 

Angola mutasaddi idoralari duş Santuşni pul yuviş, rastrata, öz mavqeini suiiste'mol qiliş va firibgarlikda gumon qilmoqda. Angola boş prokuraturasining ta'kidlaşiça, davlat ayol va uning turmuş örtoği iştirokidagi kelişuvlardan 1,36 mlrd dollar yöqotgan. Biroq duş Santuş va uning eri bu ayblovlarni rad etmoqda.

Angolaning sobiq prezidenti Joze Eduardu duş Santuşning qizi boyligi 2,1 mlrd dollarga baholanadi.