Joriy yilning 12 fevral kuni soat 11:30larda A-380 “Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yölida Beruniy tumanida yaşagan A.B. “Matiz” rusumli transport vositasini belgilangan tezlik talabiga amal qilmasdan boşqarişi oqibatida qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmatiga köra, u qarşisidan harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida yaşovçi Ş.T. boşqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomobili bilan töqnaşuv sodir etgan.

Natijada, “Matiz” rusumli transport vositasi haydovçisi A.B., uşbu avtomaşina yölovçilari S.M., voyaga yetmagan M.Q. va T.R. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etişgan.

“MAN” haydovçisi Ş.T. va “Matiz” rusumli transport vositasi yölovçilari D.Q. va S.S. tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.

“Hurmatli harakat iştirokçilari, yöllarda harakatlanayotganda yöl harakati qoidalariga belgilangan tezlik talablariga amal qilişingizni, ob-havo şaroitida yölning holatiga e'tibor berişingizni sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.