12 fevral kuni Maktabgaça ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.
Sohada davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş mavzusida ötkazilgan tadbirda vazir örinbosari Maqsudjon Yuldaşev bu yönalişda qilinayotgan işlar haqida ma'lumot berdi.

«Davlat-xususiy şerikligi – Özbekiston uçun yangi soha. DXŞ şakllari birinçi bölib 2018 yildan maktabgaça ta'lim tizimida joriy qilina boşladi va bu özining samarasini bermoqda. 2018-2019 yillarda 140 ming örinli nodavlat MTTlar taşkil etildi.
Agar bugun maktabgaça ta'lim tizimida nodavlat sektorning uluşi 18 foizni taşkil qilsa, 2020 yil yakuniga köra, uni 25 foizga yetkazişni maqsad qilganmiz», – dedi Yuldaşev.
2022 yil yakunida esa nodavlat sektor uluşi rivojlangan davlatlardagi körsatkiçga tenglaştirilişi rejalaştirilgan.
«Xorijiy davlatlar tajribasiga köra, agar nodavlat sektor uluşi 30 foizdan oşib ketsa, aholining ijtimoiy qatlami talablarini bajariş darajasi pasayib ketişi mumkin», – deya ma'lum qildi vazir örinbosari.

Ayni paytda maktabgaça ta'lim tizimida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş istagida bölganlarning 10 yilgaça barça soliqlardan ozod qilinişi, ularga davlat budjetidan subsidiyalar ajratilişi va boşqa imkoniyatlar orqali tadbirkorlarning sohaga kirib kelayotgani ham vazirlik mas'ullari tomonidan alohida e'tirof etildi.
Eslatib ötamiz, ötgan oy oxirida maktabgaça ta'lim sohasida davlat-xususiy şeriklik yanada rivojlantiriş böyiça prezident qarori qabul qilindi.
















