2020 yil 26 fevral kuni Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda bir qator qonun loyihalari, muhim masalalar muhokama etildi.
Deputatlar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman)ning örinbosarini saylaş töğrisidagi masalani körib çiqdilar.
Konstitutsiyaning 78-moddasining 16-bandi, “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Reglamenti töğrisida”gi Qonunning 23-moddasi 2-bandi hamda “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) töğrisida”gi Qonunning 5-moddasi, 1-bandiga muvofiq, vakil örinbosari – bola huquqlari böyiça vakil lavozimiga Aliya Yunusovaning nomzodi ilgari surilgan.
Aliya Yunusova 1961 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Iş faoliyatini 1983-1989 yillarda Toşkent davlat tibbiyot institutida öqituvçilikdan boşlagan. 1989-1999 yillarda Fanlar akademiyasining Möminov nomli Falsafa va huquq institutida aspirant, kiçik ilmiy xodim, 1991-1993 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitada I darajali mutaxassis, boş mutaxassis, 1999-2005 yillarda Inson huquqlari böyiça Milliy markazda bölim mudiri lavozimlarida mehnat qilgan. 2005-2020 yillarda — uç çaqiriq Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati bölgan.
Majlisda deputatlar Aliya Yunusova nomzodini Oliy Majlis Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman)ning örinbosari — bola huquqlari böyiça vakil lavozimiga ma'qulladilar.

















